95
«Chek» so‘zi forscha atama bo‘lib
, o‘sha vaqtda
ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan.
95
Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Tashqi savdo
muomalasida sar roflik
cheklaridan keng foy da lanilgan. Savdo-
garlar o‘zi bilan ko‘p miq dor da pul olib yurmas edilar.
O‘z pullarini ular shahardagi sarrofl ar dan biriga topshi
-
rib, undan tegishli hujjat – chek olardilar. Mo‘l jallangan
shaharga borishlari bilan
shu chekni sarrofga berib,
unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib
olish mumkin edi.
Ichki bozorlarda «fals» deb atalgan mis chaqa,
xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga –
dirham
-
lar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham,
shuningdek, sulola a’zolaridan bo‘lgan ba’zi vilo
-
yat hokimlari ham chiqarar edi lar. Kumush tan
-
galar faqat hukumat boshlig‘i nomidan Marv,
Samar qand, Buxoro va Shoshdagi davlat zarb-
xonalarida so‘qi lar edi. So mo niylar «ismoiliy»,
«muham ma diy» nomlari
bilan yuri tilgan bir ne
-
cha xil kumush dir hamlar chi qar gan edilar. Ular
orasida «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof ku
-
mushdan
zarb etilib, ular asosan xalqaro savdo
aloqalarida ishlatilgan.
Savdo garlar o‘z pullarini shahardagi sarrof-
lar dan, ya’ni pul
almashtiruvchilardan biriga
topshirib, undan tegishli hujjat – chek olardilar. Ushbu ha-
rakat sizga bugungi kundagi qaysi tizimni eslatdi?
Ijodiy faoliyat
Somoniylar
davriga oid
idish
Pishiq g‘isht ma’muriy va jamoa bino
-
lari qurilishida asosiy material bo‘lib qol
-
di. Turar joy binolari qurilishida esa sinch
-
li konstruksiya keng tarqaldi. Pardoz ishlarida somonli
loy suvoq qatorida ganchning har xil turlari ishlatilgan.
Keyinroq sirlanmagan koshin va sopol plitkalar, sirlan
-
gan koshin va naqshlar o‘yilgan sirlangan yaxlit pishi
-
rilgan sopol taxtachalar — parchin (mayolika) ishlatish
usuli kashf etildi.
Eng qadimiy obidalardan Qadimiy Xorazmdagi Qa
-
vat qal’a, Samarqand (Afrosiyob)dagi somoniylar qas
-
rining bir qismi va Termiz yaqinidagi Qirqqiz qal’asini
qayd etish mumkin. Bularning har uchalasi ham xom
g‘isht va paxsadan bunyod etilgan. Afrosiyobdagi so
-
moniylar qasrining bir qismi hisoblanuvchi binoning old
tomoni yogoch ustunli, peshayvonli bo‘lib, o‘rtada tomi
gumbaz bilan yopilgan katta xona va uning ikki yoni
-
da yana qo‘shimcha xonalari bo‘lgan. Asosiy zal ohak
-
toshli ganchning ichiga tolasimon o‘simliklar qo‘shilgan
materialdan juda nafis o‘ymakorlik usulida hashamdor
qilib ishlangan.
Dostları ilə paylaş: