Mamlakatda vujudga kelgan og‘ir davrda Somo
-
niylar davlatidagi turk hojiblaridan iborat saroy qo‘shi
-
nining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mu
-
dofaa ishlari to‘la ular qo‘lida edi.
Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari
aksariyat iqtidorli lashkar boshilarni «hojib ul-hujob» yoki «hojib
ul-buzruk» kabi oliy harbiy mansablarga tayinladi. Ularga hatto
ayrim viloyatlarni boshqarish huquqi beriladi.
962–963-yillarda G‘azna viloyatini Alptegin noib va lash-
kar amiri sifatida bosh qargan. U G‘azna va Kobul vilo yatlarini
mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlat boshqa
-
ruvini qo‘lga oldi. G‘azna shahri davlat poytaxti bo‘ldi.
Sulola nomi saltanatning poytaxti G‘azna shahri nomi
-
dan olingan. G‘aznaviylarning siyosiy nufuzi Sabuk tegin
davrida (977–997) ortib, somoniylar tomonidan e’ti rof etilgan.
Dostları ilə paylaş: