Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

110
110
Qoraxoniylar sulolasi 
qarorgohi xarobalari, 
XI-XII asr, Samarqand
Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Qoraxoniylar davlati 
shartli ravishda Sharqiy 
va G‘arbiy qismlarga 
ham bo‘lingan.
Yettisuv viloyatida yuksalishni boshla
-
gan qoraxoniylar janub, g‘arb yo‘nalishla
-
rida o‘z hukmronlik doiralarini kengaytirib borganlar va 
buning natijasida Cherchen daryosidan Xorazmgacha 
bo‘lgan hududni boshqarganlar. Siyosiy markaz sifa
-
tida esa o‘z tarixiy makonlaridagi katta shaharlardan 
bo‘lmish Bolosog‘un va nisbatan undan uzoqda 
bo‘lmagan Qoshg‘arni tanlaganlar. Demak, 
asosiy siyosiy markaz shu hududda mujas
-
samlashgan. Buxoro, Samarqand, Chag‘o
-
niyon, Farg‘ona va boshqalar tabiiy ravish
-
da yangi siyosiy markazga nisbatan viloyat 
(mulk) o‘rnida bo‘lgan.
Qoraxoniylar do‘stona munosabat
-
lar o‘rnatish tarafdori ekanligini bildirib, 
qo‘shnisi g‘aznaviylar bilan elchilik aloqa
-
larini o‘rnatadi. Ammo, bunday munosa
-
batlar uzoqqa cho‘zilmadi. 
Qoraxoniylar g‘aznaviylar tasarrufi
-
dagi hududlarga bir necha marotaba bosqinchilik hu
-
jumlarini uyushtiradilar. Lekin bu yurishlar muvaffaqi
-
yatsizlik bilan tugaydi. 
1008-yilda Mahmud G‘aznaviyning o‘zi 500 ta 
jang ga o‘rgatilgan fillarga ega bo‘lgan katta qo‘shin bi
-
lan qoraxoniylarga qarshi chiqadi va ularning qo‘shini
-
ni butunlay yakson qiladi. Shundan keyin qoraxoniylar 
Xurosonga harbiy yurish uyushtirishga boshqa jur’at 
etmaydi. Termiz, Qabodiyon, Xuttalon kabi Amudaryo
-
dan shimoldagi yerlar g‘aznaviylar tasarrufida qoladi.


111
Бу жойга бошқа расм қўйинг

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin