Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat


Mahmud G‘aznaviy Hindiston va 
bosh qa yurtlardan olib kelingan o‘ljalar-
ni ko‘p hollarda obodonchilik hamda qurilish ishlariga 
sarflagan. Jumladan, u G‘aznada ilk davlat madrasa
-
sini ochib, unga noyob qo‘lyozmalarni to‘platgan. Bun
-
dan tashqari jome masjidi, ulkan suv to‘g‘oni va yana 
necha-necha inshootlar barpo еttiradi. G‘azna tez orada 
Sharqning eng go‘zal va obod shaharlaridan biriga ay-
lanadi. Aby Rayhon Beruniy G‘azna haqida gapirganda, 
bu shaharda hashamatli saroylar, madrasa va bozorlar 
ko‘pligini qayd etgan edi.
Sulton Balx va Nishopurda ham bir qator qurilish 
ishlarini amalga oshirgan. Shuningdek, sulton ilm-fan 
va madaniyat arboblariga ham homiylik qilgan. Mah
-
mud G‘aznaviyning o‘zi turkiy, arab, fors tillarini mu
-
kammal bilgan, she’riyatdan xabardor bo‘lgan. 
Uning saroyida Abulhasan Farruxiy, Abdulma
-
jid Sanoiy, Unsuriy, Manuchehriy, Utbiy, Gardiziy, 
Bayhaqiy va shu singari shoir, tarixchilar ham fa
-
oliyat ko‘rsatishgan. Beruniyning eng sara asar
-
lari ham G‘aznada dunyoga kelgan. U sulton 
bilan ko‘pgina yurishlarda ishtirok etgan. Be
-
runiy bilan sulton o‘rtasidagi munosabat iliq 
bo‘lgan. Olim Mahmud G‘aznaviy vafotidan 
(1030) keyin ham G‘aznada to umrining oxiri
-
gacha, ya’ni 1048-yilga qadar yashab qolgan. 
U G‘aznada rasadxona ochib, shogirdlariga 
dars bergan, unumli ijod qilgan. 
Mahmud G‘aznaviy otasi Sabuktegin yozib qol
-
dirgan: 
«Ma’naviy ulug‘vorlik bamisoli alanga va sha
-
mol, bularning harakat va parvoz xususiyati bor. Ma
-
ishat еsa qiya yerdagi qum uyumiga o‘xshash. Uning 
tubanlikka surilish xosiyati bor»
, — degan nasihatiga 
amal qilib, ilm-fan sohasiga katta e’tibor qaratgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin