Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Tashqi siyosat bilan
shug‘ullanuvchi mansabdor-
larga, xususan,
elchilar oldiga
juda katta talablar qo‘yilgan,
ya’ni ular bilimli, o‘quvli, yetuk,
sheryurak, ko‘zi to‘q, uyat-an-
dishali bo‘lishlari kerak bo‘lgan.
Talablar
ichida shundaylari ham
bor: astronomiya,
matematika,
geodeziya
ilmlarini mukammal
bilish, shaxmat va nardni raqib-
laridan ustun darajada o‘ynash,
harbiy san’atda benazir bo‘lish
va hech qachon may ichmaslik,
so‘z, iboralarning to‘g‘ri va ko‘ch-
ma ma’nolarini puxta bilish.
Yusuf
Xos Hojib
«Qutadg‘u bilig»
Dargoh faoliyatini tegishli darajada
tutib turishda saroy ishlari boshqaruv-
chisi, mehmonlarni qabul qilish xizmati (uning boshlig‘i
«Biruk» deb atalgan), xazinachi (ag‘ichi), oshxona mu
-
tasaddisi (oshchi), sharbatdor, yotoq, kiyim-kechak bi
-
lan ta’minlovchi, ov uyushtirish (qushchi) kabi ma’muriy
xizmatlar faoliyat ko‘rsatgan.
Oliy hukmdorning xavf
-
sizligini ta’minlash, uning siyosati yo‘lida sodiqona xiz
-
mat qilish vazifasi bo‘lgan maxsus saralangan harbiy
qism ham dargoh bosh qaruv tizimiga kirgan. Albatta,
maxsus qismdan tashqari, harbiy qo‘shin ham mavjud
edi. Undagi eng muhim lash karboshilik va bosh qaruv
mansablariga qoraxoniylar sulolasi vakillari hamda so
-
diq lashkarboshilar tayinlangan. Yirik lashkarboshilar
-
dan tash qari kichik zobitlar (chovush), otliqlar sardori
(haylbo shi), yuzboshi, mingboshi kabi harbiy mansab
-
lar ham mavjud bo‘lgan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig» asaridan
olingan matnni diqqat bilan o‘qing va quyidagi
savollarga javob bering:
1. Nima uchun elchilar «bilimli, o‘quvli, yetuk, sheryurak, ko‘zi
to‘q, uyat-andishali» bo‘lishlari haqida talab qo‘yilmoqda?
2. «Astronomiya, matematika, geodeziya ilmlarini mukammal
bilish, shaxmat va nardni raqiblaridan ustun darajada o‘y-
nash, harbiy san’atda benazir bo‘lish va hech qachon may
ichmaslik, so‘z, iboralarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini
puxta bilish» elchilarga nima uchun kerak?
3. Bu talablarning bugungi kundagi dolzarbligi qanday? Siz
yana qanday talablarni kiritgan bo‘lardingiz va nima uchun?
Fikringizni misollar bilan asoslang.
Dostları ilə paylaş: