Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
«Takin» (tegin) atamasi 
dastlab qadim turkiylarda 
xoqon vorisi, valiahdiga 
nisbatan qo‘llanilib, keyin-
chalik harbiy lashkarbo-
shilar unvoni sifatida ham 
ishlatilgan.
Davlatni odatda «qo-
raxon» unvoni bilan 
ulug‘langan «buyuk xon» 
boshqargan. Xonlik tax-
tiga og‘a-inichilik udumi 
asosida sulolaning eng 
yo shi ulug‘ kishisi o‘tirgan. 
Xonlar «qoraxon» unvoni 
bilan birga, tavg‘achxon, 
arslonxon, bug‘roxon kabi 
faxriy unvonlar bilan ham 
ulug‘langan.
111
Qoraxoniylar somoniylarning o‘rnini 
olishlari bilan markazlashgan davlat tizimi
-
ga zarba berildi, boshqaruvda mulkchilik 
(ya’ni, qo‘l ostidagi viloyatlarni sulola namoyandalariga 
bo‘lib berish) shakli joriy qilindi.
Markazdagi boshqaruv tizimi ikki idora: dargoh va 
devonlardan iborat bo‘lgan. Oliy hukmdor o‘ziga tobe 
bo‘lgan viloyat va shaharlarga hukmdor sulola namo
-
yandalarini tayinlab, bu bilan, tabiiy ravishda, butun 
mamlakat uzra o‘z siyosatini yurgizishni maqsad qilib 
qo‘ygan. Viloyat (mulk)larni takinlar boshqargan. Ular 
mustaqil siyosat yuritishga ham intilgan.
Mulohaza uchun
Qoraxoniylar hamda G‘aznaviylar davlatlaridagi 
boshqaruv tizimining o‘ziga xos tomonlari nima-
lardan iborat edi?


Bilasizmi?
Yusuf Xos Hojib va 
Mahmud Qosh-
g‘ariyga qoraxoniylar tomoni-
dan «xos hojib» unvoni berilgan.
XI asrning uchinchi choragida qoraxo
-
niylar siyosiy birligi ikkiga: g‘arbiy (Sa
-
marqand, Buxoro, Xuttalon, Chag‘oniyon) va sharqiy 
(Yettisuv, Sharqiy Turkiston) xoqonliklarga bo‘linib ke
-
tadi. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hukmronlik 
qilgan vakillari markazga bo‘ysunishdan bosh tortib, 
mustaqil siyosat yurgiza boshlaganlar. 
G‘arbiy xoqonlikda somoniylar davrida mavjud bo‘l
-
gan boshqaruv tizimi (bosh vazir, moliya ishlari, davlat 
rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish, soqchilar boshlig‘i, 
xat-xabarlar, saroy ish boshqaruvchisi, muhtasib, vaqf
-
lar, qozilik ishlari devonlari) saqlanib qolgan. Shuning
-
dek, viloyat boshliqlarini hokim, shahar boshlig‘ini rais, 
deb atash odati ham o‘zgarmay qolgan.
Qoraxoniyar davrida ham markazdagi (dargohda
-
gi) boshqaruv tizimiga katta e’tibor berilgan. Bunda 
dargoh, ya’ni oliy hukmdor bilan viloyatlar, fuqarolar 
o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirib turuvchi ho
-
jiblar faoliyati alohida o‘rin tutgan. Somoniylardan farq
-
li ravishda qoraxoniylar davrida hojiblar, asosan, oliy 
hukmdor, viloyat hokimlarining davlat va raiyat ishlari 
bo‘yicha eng yaqin maslahatchilari hisoblanganlar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin