123
Nima
uchun lashkardagi bi-
ron-bir xizmatchining maoshi
oshiriladigan yoki qisqartirila-
digan bo‘linsa, bu haqda, eng
avvalo,
moliya-soliq devoni
bilan kelishib olinishi zarur
bo‘lgan? Fikringizni asoslang.
Ijodiy
faoliyat
Saljuqiy hukmdor Ahmad
Sanjarning
toj kiyish maro-
simi. Rashiduddinning «Jome
at-tavorix» kitobidan, 1307-yil.
Nizomulmulk vazirlik davrida
Bag‘dod, Basra, Isfahonda «Nizomiya»
nomidagi madrasalar qurdiradi.
Buyuk olim Abu Homid
G‘azzoliy o‘z vaqtida Bag‘doddagi madrasada dars
bergan.
Shuningdek, Nizomulmulk davrida taniqli astronom
Umar Xayyom shamsiy taqvim – kalendarni isloh etish
uchun tuzilgan ishchi guruhga rahbarlikka taklif qili-
nadi.
Umar Xayyom bu ishni bajarib, devonning ilmiy
va davlat ishlarida Nizomulmulk bilan birga faoliyat olib
boradi. Biz Umar Xayyomni ko‘proq shoir, aniqrog‘i
to‘rtliklar ustasi sifatida taniymiz. Aslida, u yetuk yul-
duzshunos, matematika tarixida
sonlardan butun mus-
bat ildiz topishning umumiy qoidasini birinchi bo‘lib is-
botlab bergan olim edi.
Ma’lumot uchun
1. Bir davrda yashagan shaxslarning tarixda o‘z izlarini qoldirishiga asosiy sa-
bab nimada deb o‘ylaysiz?
2. Bir davrda yashab ijod etgan yana qanday shaxslarni bilasiz? Ularning tarixdagi o‘rni va me-
rosining ahamiyati qanday bo‘lgan?
3. Bu davrda qanday mashhur shaxslar va asarlar jahon davlatlari boshqaruviga ta’sir ko‘rsat-
gan edi?
Dostları ilə paylaş: