Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat
Mulohaza uchun
Tarixchilardan Rashi-
duddin va Hofizi Abro‘lar
-
ning yozishiga ko‘ra, 
Anush teginiylar 
sulolasi-
ning asos chisi Anushtegin 
dastlabki faoliyatini Sul-
ton Jaloliddin Malikshoh I 
saroyidan boshlagan.
U sultonning eng 
ishon chli kishilaridan biri
-
ga aylangan. Keyinchalik, 
u «Xorazm mutasarrufi» 
mansabiga 
tayinlanib, 
unga Xorazm shixnasi 
(qal’a boshlig‘i) unvoni 
beriladi. Vaqt o‘tib, Anush-
teginning o‘g‘li Qutbiddin 
Muhammad Xorazm ho-
kimi bo‘ladi.
Ma’lumot 
uchun


Otsiz o‘limidan so‘ng 
taxtga chiqqan o‘g‘li El 
Arslon ham mustaqil siyosat yurgizishga 
harakat qildi. 
El Arslon Movarounnahrda qoraxitoylar 
bilan to‘qnashadi va qo‘li baland keladi. U 
Nishopurni egallab, Ozarbayjonga harbiy 
yurish uyushtiradi. Lekin El Arslonga ham 
markazida Xorazm bo‘lgan, barcha tomo-
nidan tan olingan qudratli siyosiy uyush-
maga asos solish nasib etmagan. 
El Arslonning vafotidan so‘ng uning 
o‘g‘illari Takash (1172–1200) va Sul-
tonshoh Mahmud o‘rtasida o‘zaro kurash 
kechadi. Faqat Sultonshoh Mahmud 
vafotidan so‘nggina Takash yakka 
hukm dor sifatida keng qamrovli siyosat
yuritish imkoniga ega bo‘ladi. Takash 
G‘arbiy Eronning ayrim qismini hamda 
Kirmonni bo‘ysundiradi. Hukmronligi 
so‘nggida u hatto Bag‘dodni – xalifalik 
poytaxtini zabt etishga ham shaylana-
di. Ammo yurish chog‘ida vafot etadi va 
taxtga Alovuddin Muhammad (1200–
1220) chiqadi.
Alovuddin Muhammad Movaroun
-
nahrdan qoraxitoylarni haydab chiqa
-
radi. Bu voqea uning obro‘-e’tiborini 
nihoyatda oshirib yuboradi. Ozarbayjon, 
Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘l
-
gan yerlar xorazmshohlar tasarrufiga 
olinadi. Sulton Muhammadning asosiy 
maqsadi Suriya, Kichik Osiyo va Misrni 
ham bo‘ysundirish edi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin