Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat


Arab istilochilari Movarounnahrni osonlikcha egallay olmaganlar. 
Istilochilar deyarli yuz yil davomida uni juda katta kuch, mablag‘ va ta
-
lafotlar evaziga qo‘lga kiritdilar. Aslida arab istilochilarining Movarounnahrdagi g‘a
-
labasi xalifalik qudrati natijasi emas, balki Turon aholisining o‘z vaqtida dushmanga 
qarshi birlasha olmaganligi, mayda mulklarning o‘zini oqlamagan «mustaqil siyosa
-
ti» va ularni birlashtiruvchi kuchlarning o‘z muammolari bilan band bo‘lib qolganligi
-
da edi. 
Arablar istilosi davrida butun Turon mintaqasidagi siyosiy ahvol murakkab edi. 
Mintaqaning yetakchi kuchlari — Sharqiy va G‘arbiy Turk xoqonliklarining ijtimo
-
iy-siyosiy ahvoli VI asr oxiri–VII boshlaridagidek barqaror emasdi. Bu, avvalo, tur
-
kiy davlatlar (Sharqiy Turk xoqonligi, G‘arbiy Turk xoqonligi va Turkash xoqon
-
ligi) o‘rtasida birlikning yo‘qligi hamda ularning Turon aholisiga dush manga 
qarshilik ko‘rsatishida yordam berishlarida umumiy safarbar
-
lik tashkil etmaganligi bilan izohlanadi. 
Qudratli turk xoqonliklari tanazzuli nafaqat arab 
istilochilari uchun qo‘l keldi, balki azaliy raqib bo‘lgan 
Tan imperiyasi uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Chunki 
Xitoy imperiyalari doimiy tahdid soluv chi 
turkiy davlatlarni yo‘q qilish, hech 
bo‘lmaganda, ularning 
mintaqadagi ahami
-
yatini tushirish uchun qulay 
fursat kutayotgan edi. Xitoy 
hurujlari bilan band bo‘lib 
qolgan Sharqiy va G‘ar
-
biy turklar arab istilosiga 
qarshi kurashda o‘z itti
-
foqchilariga yetarli yordam 
berolmadilar.
Arablar qiyinchilik bilan min
-
taqadagi ozodlik harakatlarini sin
-
dirdi, mahalliy hukmdor va 
asl zodalarni o‘z tarafiga 
og‘dirib oldi va shu yo‘l 
bilan Turonni egallab
o‘lka aholisini islomlash
-
tirishga erishdi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin