Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun


132
Anushteginiylar davrida ham somo
-
niylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, sal
-
juqiylarda bo‘lgani kabi devonlarning alohida o‘rni 
ko‘zga tashlanadi. O‘z navbatida, devonlar ham kichik 
devonlarga bo‘lingan. 
Harbiy devon harbiy masalalarni ko‘rish (devon 
jaysh) va harbiylarga maosh berish bilan shug‘ullanuv
-
chi (devon ravotib) kabilarga bo‘lingan. Harbiy devon 
boshlig‘i, albatta, musulmon bo‘lishi shart edi. 
«Oliy toj faxriy majlisi» deb atalgan hukumat 
boshqaruvi vazirning (bosh vazirning) qo‘lida bo‘lgan. 
Unga barcha devonlar bo‘ysungan. 
Vazir, davlat boshlig‘ining asosiy maslahatchisi 
hisoblangan va o‘z harakatlari yuzasidan oliy hukm
-
dorgagina hisobot bergan. Rasmiy tantanalar, xalqaro 
munosabatlar, tobe mamlakatlar bilan muzokaralarda 
oliy hukmdor nomidan ish yuritgan. 
Vazir fuqarolar va davlat hukmdori o‘rtasida vosita
-
chi vazifasini bajargan hamda mamlakatdagi tartib-in
-
tizom uchun asosiy javobgar hisoblangan. U amaldor
-
larni ishga tayinlash va lavozimidan bo‘shatish, arzaq 
(nafaqa), oylik maosh hamda boshqa shu kabi to‘lov
-
larni belgilash huquqlariga ham ega bo‘lgan. Vazirlar 
o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari, arab va fors tillarini 
mukammal bilishlari shart bo‘lgan. 
Ma’lumot uchun
1. Xorazmshohlar davlati-
ning boshqaruvini Sal-
juqiylar davlati boshqaru-
vi bilan solishtiring. Bosh 
vazir vakolatlarining bir 
biridan farqi nimada? 
2. Yevropa va Osiyoning 
boshqa davlatlarida bosh 
vazir lavozimiga teng ke-
ladigan lavozim qaysi edi? 
3. Jamoaga bo‘lining va bu 
ikki hududdagi vazirlar-
ning vakolatlari va maj-
buriyatlarini taqqoslang 
va tahlil qiling.
4. Davlat boshqaruvida va-
zirning o‘rni qay darajada 
muhim deb hisoblaysiz?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin