Ix-xii asrlarda o’zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 343,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix29.04.2023
ölçüsü343,49 Kb.
#104861
1   2   3   4   5   6   7   8
JlzsAzKqagwTns7AquQ1scFCNLgxcYRhhxugd7hk

Chag’ribek va Shakarbeklar o’z davrlarida saljuqiylar shuhratini yuksakkako’tardilar.
Hozirgi Turkiya turklari, Iroq, Eronda yashovchi turkmanlar, shuningdek, gagauzlar, 
ozarbayjon xalqlarining shakllanishida saljuqiy turklarning roli va ta’siri alohidadir. 
Bu davr mobaynida Saljuqiylar Gurgon, Tabariston, Xorazm, Ozarbayjon, Kurdiston 
hududlarini, hozirgi g’arbiy Eron viloyatlarining bir qismini, shuningdek, Fors, Kermon 
viloyatlarini egallaydilar. 1055 yilda esa xalifalik markazi Bag’dod ishg’ol qilinadi. Ayni 
paytda Vizantiyaning Kavkazdagi ta’siriga ham kuchli zarba beriladi. Shunday qilib, 
Tug’rulbek kuchli Saljuqiy sultonligiga asos soladi. Uning vorisi Alp-Arslon (1063-
1072) ham jahongirlik yurishlarini davom ettiradi. Uning davrida O’rta er dengiziga 
qadar bo’lgan Kichik Osiyo erlari egallanadi. Endilikda Saljuqiylar saltanati 
Movarounnahrdan to O’rta Er dengiziga qadar bepoyon hududlarga yoyiladi. 


Xorazmshohlar 
Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei hamda qadimdan 
rivojlangan hudud bo’lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda 
kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, o’z muayyan ta’sirini 
o’tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so’nggi ming yillik 
boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. 
Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik 
qilgan hukmdorlar xonadoni tarixdan ma’lum. Bular: 305-995 yillarda afrig’iylar 
xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar (Ma’mun I, Abdulhasan Ali, 
Ma’mun II), 1017-1034 yillarda esa Oltintoshiylar (Oltuntosh, Horun, Handon) 
sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar. 
Biroq ming afsuski, XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi 
bilan Xorazm davlati tanazzullikka uchrab, zaiflashib, mintaqaning boshqa 
sulolalari, chunonchi, avval boshda G’aznaviylar hukmronligi (1017- 1044), undan 
so’ng Saljuqiylar boshqaruvi ta’siriga tushib qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40 
yillarida sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm erlarini 
ishg’ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to’lovlarini olish huquqini 
qo’lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida 
yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko’ndalang bo’lib turardi. 
Bunda shuni ta’kidlash joizki, Xorazmning qaytadan mustaqillikni qo’lga kiritishi, 
hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o’lkalarni o’z tarkibiga kiritib, qudratli 
saltanat darajasiga ko’tarilishi, so’ngra uning pirovardida inqirozga yo’liqishi - bu 
jarayonlar yangi sulola - Anushtaginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy 
bog’liqdir. 



Yüklə 343,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin