Ix-xii asrlarda o’zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot


kitob», «Asturlub yasash haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Oyning Er



Yüklə 343,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix29.04.2023
ölçüsü343,49 Kb.
#104861
1   2   3   4   5   6   7   8
JlzsAzKqagwTns7AquQ1scFCNLgxcYRhhxugd7hk

kitob», «Asturlub yasash haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Oyning Er 
ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Etti iqlimni 
hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» 
nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. U 
G’arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur. 
Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo’shgan Uyg’onish davri daholari orasida buyuk 
yurtdoshimiz Abu Nasr Forobiy (873-950) siymosi yorug’ yulduzdek fan osmonida 
charaqlab turadi. O’zining qomusiy bilimlari, ayniqsa falsafa sohasidagi betimsol 
xizmatlari bilan u «Al-Muallim as-soniy» - «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), 
«Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir. 


IX-XII asrlar adabiy jarayonining rivojiga jiddiy hissa qo’shgan, badiiy so’z
qadrini yuksakka ko’targan daho adiblar to’g’risida so’z yuritganda Ahmad 
Yugnakiy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Abu 
Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Nosir Xusrav singari aziz siymolar 
nomlari ko’z o’ngimizdanamoyon bo’ladi. Ularning har birining mangulikka 
muhrlangan hayotbaxsh ijodi necha asrlar osha hamon kishilar shuuri, qalbiga 
estetik huzur, quvonch bag’ishlab, ularni yuksak orzu, maqsadlar sari ilhomlantirib 
keladi.
Mahmud Qoshg’ariyga zamondosh Yusuf xos Hojib (XI asr) ijodi ham o’ziga 
xos badiiy sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi. Adib nomini yurtlararo, 
xalqlararo mashhur qilgan narsa, bu uning «Qutadg’u bilig» («Baxt va saodat 
eltuvchi bilim») asaridir. Ushbu kitob turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida yozilgan 
asar bo’lib, unda davrning juda ko’p o’ta muhim muammolari, axloq, odob va 
ma’rifat masalalari katta mahorat bilan yoritilgan. 
Bu kitobni chinlilar «Adabul muluk», mochinlar - «Oyinul mamlakat», Sharq eli 
ulug’lari «Ziynatul umaro», eronliklar «Shohnomai turkiy», turonlilar - 

Yüklə 343,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin