Ix-xii asrlarda o’zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 343,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix29.04.2023
ölçüsü343,49 Kb.
#104861
1   2   3   4   5   6   7   8
JlzsAzKqagwTns7AquQ1scFCNLgxcYRhhxugd7hk

Somoniy (856-888) davrida Movarounnahr mavqei yanada kuchayib bordi. 
Camarqand davlat poytaxti edi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag’darilgach (873y), 
uning tarkibiga kirgan Buxoro erlari ham Somoniylar tasarrufiga olinadi. Nasr 
ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874y) va Somoniylar hukmronligi 
endilikda deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo ko’p 
o’tmay Ismoil o’z hokimiyatini kuchaytira borgach, o’zining vassallik mavqeini 
tan olmay, Nasr hokimiyati xazinasiga to’laydigan yillik daromad miqdorini 
keskin kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o’rtasida uzoq muddatli o’zaro 
kurash boshlanadi. Oqibatda 888 yilda ular o’rtasida katta urush kelib chiqib, unda 
Ismoil g’olib bo’ladi va hokimiyatni o’z qo’liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so’ng 
(892y) Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu 
tariqa, Vatanimizda davlat mustaqilligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Buxoro 
- davlat poytaxti bo’lib qoladi. 
Ismoilning 893 yilda sharqdagi dashtlik qabilalarga qarshi qilgan 
muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o’lja va asirlar bilan qaytishi ham 
Somoniylar qudrati yuksakligidan yaqqol dalolat beradi. Ismoil Somoniy davlati 
qudratining o’sib borishidan cho’chigan, uni zaiflashtirishni va o’z ta’sirini qayta 
tiklashni ko’zlagan Bag’dod xalifasi Mu’tazid (892-902) Xurosondagi Safforiylar 
hukmdori Amr ibn Laysga (879-900) Xuroson bilan birga Movarounnahar ustidan 
hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-
gijlaydi. Bu esa 900 yilda ikkala davlat o’rtasida katta urushga sabab bo’ladi. 
Urush natijasi esa Somoniylar foydasiga hal bo’lib, buning oqibatida Xuroson 
erlari Somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Shu tariqa xalq xalifalik istebdodidan xalos 
bo’ldi. 


Ettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asr ikkinchi yarmida turli turkiy 
qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar 
davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq 

Yüklə 343,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin