Madaniy taraqqiyot, ilm-fan ravnaqi
Turonzamin ulus va elatlari istiqomat qilgan hududning arablar istilosi va asoratidan xalos
etilishi, o’z mustaqillik maqomiga ega bo’lishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotiga sezilarli ijobiy ta’sir etdi. Somoniylar, Qorahoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar
va Xorazshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IXXII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida
yashagan ulus-elatlar o’rtasida nisbatan tinchlik, osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va
hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida o’lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy
rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik
o’sdi, aholi farovonligi ko’tarila bordi. IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat
o’ziga xos uslub va shakllarda to’xtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy
ustalar, me’morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskarlar tomonidan yurt dovrug’ini
olamga tanitgan ajoyib me’morchilik obidalari, san’at namunalari bunyod topdi. Somoniylar,
G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolalariga mansub ma’rifatparvar
hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag’bat berishlari orqasida ko’plab iste’dod
sohiblarining salohiyati, ijodi o’sib, yuksalib borgan. O’sha davr hukmdorlari tashabbusi
bilan bunyod etilgan va faoliyat ko’rsatgan kutubxonalarda sonsanoqsiz noyob, qimmatbaho
kitoblar, qo’lyozmalar to’planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand
bo’lmoqdalar. Ibn Sinodek buyuk zot ham birinchi bor tanishib hayratlangan Somoniylar
saroyi qoshidagi boy kutubxona ham mana shunday ilm maskanlaridan biri bo’lgan.
O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy madaniyatining o’sishida islom madaniyatining ahamiyati
katta bo’ldi. Islom faqat dingina emas, balki yangi ma’naviy yo’nalish sifatida ham butun
madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy
aloqalarning kuchayishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Bu davrda ma’naviyatda hurfikrlilik, har
qanday bilim, ilm-fanga hurmat, diniy oqimlar erkinligi ustivorlik qilgan. Diniy va dunyoviy
ilmlar o’zaro uzviy bog’liq holda rivoj topib bordi. Qadimgi Yunon, Hind va boshqa yurtlar
an’analaridan, bilim manbalaridan ham keng ijodiy foydalanildi.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining
ko’plab tarmoqlari va yo’nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan
matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, jug’rofiya, falsafa
singari dunyoviy fanlarning tamal toshi tom ma’noda shu davrda qo’yildi. Buyuk
matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850)
nomi fan tarixida alohida o’rin tutadi. Olim o’zining «Hisob aljabr val Muqobala»,
«Hind arifmetikasi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik
jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika
risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan
o’nlik hisoblash sistemasining Evropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Allomaning «al-
Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning
«Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental
ahamiyatga egaki, u arab tilida ko’plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin
yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan. Xorazmiy
yaratgan «Zij» Ovro’pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanishi
yo’llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi»)
asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining VIII-IX asrlarga oid
tarixini to’laqonli yoritishda muhim qo’llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy
dunyosining yirik markazi - Bag’doddagi Ma’mun akademiyasida ishlagan davrlari
uning iste’dodining eng barq urgan paytlari bo’ldi. U shu akademiyaning rahbari
sifatida ilm ahliga ibrat ko’rsatdi.
O’rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg’oniy (797-865) nomi
alohida ko’zga tashlanib turadi. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn
Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy bo’lib, aslida Farg’onaning Quva shahrida
tavallud topgan. Ilm yo’lida zahmat chekib ko’p yurtlarni kezgan. Umrining ko’p
qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida o’tkazgan. Uning butun ongli hayoti va
faoliyati fan yo’liga bag’ishlangan. Ahmad al-Farg’oniy etuk astronom, matematik va
geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko’plab fundamental asarlarning muallifi,
Bag’doddagi Baytul Hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir.
Al-Farg’oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo’lgan «Astronomiya asoslari haqida
Dostları ilə paylaş: |