«Qutadg’u bilig», boshqalar «Pandnomai muluk» deb ataganlar.
Bu davr adabiyotining daho san’atkorlaridan yana biri Abulqosim Firdavsiy
(940/941-1030)dir. Uni olamga mashhur, nomini tillarda doston qilgan, abadiylikka
muhrlagan narsa-bu allomaning - betakror «Shohnoma» asaridir. Negaki, bu shoh
asarda Eron va Turon xalqlarining ming yilliklar qa’riga borib taqaladigan uzun
ko’hna tarixi, tutash taqdir - qismatlari, jangu jadallari, mislsiz jasoratu
qahramonliklari katta mahorat bilan ifodalangan. 60000 baytdan iborat bunday yirik
epik asarning dunyoga kelishi Firdavsiyning badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir.
IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksaklab borishi bilan, shu
bilan birga islomiy madaniyat va ma’naviyatning shakllanib, chuqur ildiz otib
borishi, bu sohada talay etuk olimu ulamolarning etishib chiqib, Vatanimiz sha’nini
olamaro, ulug’laganligi bilan ham tavsiflanadi.
Garchand islom dini Arabistonda vujudga kelgan bo’lsa-da, biroq yangi ilohiy
ta’limot Turkiston zaminida ravnaq topdi, takomiliga erishdi. Turkiston musulmon
dunyosiga Xorazmiylar, Buxoriylar, Termiziylar, Nasafiylar, Samarqandiylar
taxalluslari bilan ijod qilgan ko’plab noyob iste’dod sohiblarini etishtirib berdi.
Islom va uning asosiy ta’limoti aks etgan «Qur’oni Karim» g’oyalarining o’lka
hayotiga kirib kelishi va keng yoyilishi, shuningdek, mahalliy xalqlarning
musulmonchilik tamoyillari va udumlarini qabul qilishi hamda ularga e’tiqod
bog’lashi davomida asta-sekin islom madaniyati shakllanib, chuqur ildiz otib bordi.
Bunda shu yurt zaminidan etishib chiqqan buyuk islomshunos allomalarning xizmati
benazirdir.
Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir muhim jihati shundaki, bunda islom
dini va uning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tadqiq etish hamda
rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan, tasavvuf va tariqat ilmida benazir bo’lgan
vatandosh allomalarimiz faoliyatiga ham bir nazar tashlab o’tmog’imiz joiz bo’ladi.
Avvalo, tasavvuf – bu odamlarni halollikka, poklikka undovchi barcha
musulmonlarning o’z halol mehnati bilan kun ko’rishini, boshqalar kuchidan
foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi
ta’limotdir.
Dostları ilə paylaş: |