Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi Ion kanallari


Qandli diabet tiplaring fiziologik asoslari



Yüklə 61,03 Kb.
səhifə11/22
tarix20.01.2023
ölçüsü61,03 Kb.
#79870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Iyon kanallari aktivatsiyasi, diaktivatsiyasi va inaktivatsiyasi

Qandli diabet tiplaring fiziologik asoslari
Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi.
Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.
Hozirgi vaqtda qandli diabetga irsiy moyillik isbotlangan hisoblanadi. 1-tip diabetda genetik geterogenlik kuzatiladi, ya’ni kasallik turli gen guruhlari tomonidan chaqirilishi mumkin. 1-tip patologiyani aniqlashda laborator-klinik ko’rsatkich sifatida qonda me’da osti bezining β-hujayralariga antitanalarning aniqlanishi xizmat qiladi. Nasldan-naslga o’tish xarakteri to’liq o’rganilmagan.
Diabetni patogenetik asoslari kasallik turiga bog’liq. Bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki turi farqlanadi. Zamonaviy endokrinologiya kasallikning tasniflanishini shartli deb atasa ham, uning har bir turida davolash strategiyasini belgilash muhim ahamiyatga ega.
Kasallik rivojlanishining asosiy sabablariga:

  1. Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi.

  2. Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi.

  3. Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi.


  4. Yüklə 61,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin