Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə18/126
tarix20.11.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#162125
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

Birinchidan, o’zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’uliyatni, faollikni va eng asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni talab qiladi.
Ikkinchidan, har bir darsda o’qituvchi ham, o’quvchi ham belgilangan maqsadni aniq qo’ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to’g’ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, o’qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi o’quvchilarda ta’limiy va tarbiyaviy tomondan o’rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy xarakterdagi milliy qadriyatlar bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini oshirish ishtiyoqi rivojlanadi.
To’rtinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy tayyorgarligi, o’z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning natijasini oldindan ko’ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o’quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o’z fikr-mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o’quvchilar jamoasi fikriga tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o’quvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.
Oltinchidan, o’quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli bo’lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to’g’ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi omil ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar ongiga muloqot asosida milliy qadriyatlar va ma’naviy madaniyatni shakllantirish, o’qituvchi va o’quvchining o’zaro muloqotini hozirgi zamon pedagogik talablari asosida mukammal tashkil etilishini ta’minlaydi.
Adabiyotlar ro’yxati:
Asosiy adabiyotlar:

  1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. G’G’ Xalq so’zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11

  2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O’zbekiston”, 2017.

  3. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017yil, 6-son,70-modda.

  4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O’zbekiston”, 2017.

    1. Xoliqov G’Pedagogik mahoratG’Darslik.T.:Iqtisod-moliya nashriyoti, 2011- 420 b.

  5. N.N. Azizodjaeva G’Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratG’ T.: O’zbkiston yozuvchilar uyushmasi. 2006 - 159 b.

  6. B. ZiyomuxammedovG’ Pedagogik mahorat asoslariG’ T.:TIB-KITOB, 2009-183b

  7. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq T., 1996. 19 b.

  8. Qudratov A. Nutq madaniyati asoslari. T., 1999. 26-32 b.

  9. Xoliqov A. “Pedagogik mahorat”, T., TDPU, -2009


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin