145
xarajatlar (ijara to‘lovchi); boshqaruv xodimlari mehnatga haq to‘lashga xarajatlar;
ustama va boshqa xarajatlar.
Shuning bilan bir vaqtda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasida qat’iy
chegara yo‘q, va transportning har bir turi uchun o‘ziga xoslik bor. Xalqaro
(aralash, kombinatsiyali, intermodelli va boshqa)
tashishlarga xarajatlarni
baholashning miqdori va usullarida muhim xususiyatlar mavjud. Masalan yuklarni
xalqaro tashishga logistik tashish qiluvchi xarajatlar o‘z ichiga mahsulotni ortib
jo‘natishga tayyorlash (sifati, miqdori, markalanishi,
idishga joylanishini
tekshirish); mamlakat ichidagi tushirish; yuklarni chegaradan o‘tish joylari, portlar
yoki xorijga qatnovchi transport vositalargacha tashish yuklarni transport
vositalari (avtomobil, kema, vagonlarga, shu jumladan chegaradan o‘tish
shaxobchalarda) ortish; xalqaro
transport bilan tashish; sug‘urtalash va
bojxonada dikloratsiyalar uchun haq to‘lash; yukni belgilangan manzilda
tushurishga, bojxona bojlari, soliqlarni va to‘lovlarni to‘lash;
yukni oluvchining
omboriga yetkazib berish bo‘yicha xaq to‘lash va boshqa ko‘rsatkichlarni oladi.
Transportda tashishdagi ayrim logistik xarajatlar yetkazib berishlar zanjirida
logistik tizimining belgilangan bo‘g‘ini bo‘yicha guruhlarga yoki tabaqalarga
ajratishi mumkin. Masalan, agar bojxona bunday bo‘g‘in bo‘lsa,
unda uning
uchrashuv bojxona kodeksida belgilangan xarajatlarga ajratilishi mumkin: bojxona
boji; qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar; bojxona idoralari tomonidan litsenziya
berilganligi uchun yig‘imlar; yukni bojxonada rasmiylashtirilganligi
uchun
yig‘imlar; tovarni saqlash uchun bojxona yig‘imlari; axborot va konsalting
xizmatlari uchun to‘lovlar va boshqa moddalarda.
Transport xarajatlari logistik vositachilar: transport va transportdan
foydalanish
firmalari, multimodelli tashish operatorlari, agentlar, brokerlar va
boshqalar xizmatlariga tariflarni belgilash uchun baza bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: