Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

 
 
13.5. Boshqa sohalardagi logistikaning xususiyatlari 
 
Logistika ta’minot, ishlab chiqarish, marketing, distribyutsiyalash va 
sotishlarni tashkil qilish o‘rtasidagi o‘zaro xamkorlikni integratsiyalashtiradi va 
yaxshilaydi. Marketing axborotini o‘zlashtirish orqali logistika ishlab chiqarishga 
ta’sir ko‘rsatadi va ishlab chiqarish – texnologik jarayon mahsulot ta’rifini 
muvofiqlashtiradi logistika moddiy resusrlarni xarid qilish va tayyor mahsulotni 
ishlab chiqarish hajmlarini sotishlarning ta’minlaydi. Logistika marketing, ishlab 
chiqarish, moliya o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytiradi. U firma ichidagi vazifaviy 
qarorlarni muvoffiqlashtirishga yordam beradi. Logistika nafaqat firma ichidagi 
atrof muhit bilan, balki makroiqtisodiy tashqi muhit bilan ham o‘zaro bog‘langan. 
Tashqi va ichki muhit omillari logistikasiga ta’sir ko‘rsatadilar.
Tashqi muhit omillarining logistika ta’sirini tahlil qilish uchun korxonadagi 
o‘rnini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Tashkilot (korxona)ni 


146 
boshqarishda tashqi muhit bilan yaqindan bog‘langan ochiq tizim kabi ko‘rib 
chiqilgan. 1950 yillarning oxiridan boshlab tashqi atrofning ahamiyati tashqi 
omillarning roli haqida bunday tasavvur boshqaruv fikrida tizimli yondashishni 
aks ettiruvchi holda mustahkamlangan. Logistik menejer uchun eng muhim 
muammo – uning korxonasiga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillarini javob 
qaytarishning ehtimol bo‘gan yo‘llari va qurollarni belgilashdir. 
Xorijiy muammolar tashqi muhit o‘z ichiga iste’molchilar, raqiblar, hukumat 
muassasalari, yetkazib beruvchilar, moliyaviy tashkilotlar va mehnat resurslarning 
manbalari kabi elemenlarni oldi deb hisoblaydilar. To‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali 
ta’sir qilish tushunchasi, hamda tashqi muhitning asosiy ta’riflarini omillarining 
o‘zaro bog‘liqligi, tashqi muhitning murakabbligi uning xarkatlanganligi ajratiladi. 
Mamalakatimiz tashqi muhit korxonaning faoliyat yuritishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi va ularni bartaraf qilish yoki ularga moslashishga qaratilgan 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishni talab qiluvchi shartlar va omillarning 
mavjudligi kabi talqin qilinadi. Tashqi muhitning omillarini yiriklashtirilgan holda 
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, texnik va texnologik, ijtimoiy ekologika ajratiladi. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin