Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Siyosiy omillar korxonaning strategik va logistik huquqini belgilaydilar. 
Ularga 
ko‘ra 
bizning 
rivojlantirish, 
investitsion, 
moliyaviy 
siyosat, 
distribyutsiyalash bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi. 
Huquqiy omillar firma faoliyatiga qonunchilik cheklashlarini kiritiladi. 
Fuqarolik kodeksi, soliq, bojxona qonunchiliklari va boshqa me’yoriy hujjatlar 
bizning mamlakatimizdagi logistikaning huquqiy asosi bo‘ladilar. 
Iqtisodiy omillar valyutaning kursi, inflyatsiyaning darajasi, yalpi milliy 
mahsulotni o‘zgarishi, sohalarni rivojlanishi sur’atlari, mehnat, sarmoya, talab va 
taklif bozorlarini belgilab beradilar. 
Texnik va texnologik omillar transport, axborot - kompyuter tizimi, 
egiluvchan avtomatlashtirilgan tizimlarni rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadilar, 
bu logistika uchun juda muhimdir. 
Logistika muhitining ijtimoiy va ekologik omillari demografik vaziyat, 
odamlarning ijtimoiy ehtiyojlari, aholining ko‘chib yurish, madaniy masalalarga 
ta’mirini, hamda texnologiya va transportning atrof muhitga ekologik va takror 
ishlab chiqarish jarayonidagi ekologiyaga ta’sirini ta’riflaydilar. Atrof muhitni 
himoyalash dasturi logistik qarorlar qabul qilishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ichki muhit ostida korxonaning xo‘jalik mehanizmi tushuniladi, u o‘z ichiga 
firma faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmlarini oladi. 
Xorijiy 
mutaxassislarning 
“ichki 
muhit” 
tushunchasi 
talqiniga 
yondoshishlardan biriga muvofiq uni ta’riflash uchun tashkilot ichidagi vaziyatli 
omillar sifatida “ichki o‘zgaruvchilar” tushunchasidan foydalaniladi. Asosiy ichki 
o‘zgaruvchanlarga maqsadlar, tashkilotning tuzilishi, vazifalar (ichki vazifalar) 
texnologiyalar va odamlar kiradi.
Mikrologistik tizimlarni qurishda logistika va logistik menejmentning 
korxonani qurishda logistika va logistik menejmentning boshqa sohalari bilan 


147 
o‘zaro hamkorligini belgilash katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu omillarini ichki 
mikrologistik muhit tashkil qilish bilan uchun rolni hisobga olish bilan 
yiriklashtirilgan holda ishlab chiqarish, marketing, moliya, mehnat resusrlaridan 
foydalanishning vazifaviy sohalarini ajratish mumkin. Boshqaruvda “vazifaviy 
soha” atamasi bo‘limlari umuman korxona manfaatlarida faoliyat yuritadigan 
faoliyat sohasini bildiradi. 
Boshqaruv jarayonlarini tashkil qilish boshqaruvchi ta’sirlar: maqsadni 
belgilash, 
bajarilish, 
rejalashtirish, 
operativ 
boshqarish, 
boshqarishlik, 
muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish, hisob va nazoratning belgilangan izchilligi bilan 
ta’riflanadi. Bu har xil boshqaruv vazifalari yagona maqsadga qaratilgan jarayonga 
birlashtiriladi. Quyidagilar boshqaruvning asosiy vazifalari bo‘ladilar: marketing, 
rejalashtirish, tashkil qilish, undovchi sabablar, nazorat. 
Boshqaruv quyidagi uchta jihtalarning birligida ko‘rib chiqiladi:
1. o‘zaro bog‘langan vazifalar jarayoni;
2. firmani maqsadlariga yetishish uchun ishlab chiqarish va o‘tkazishni 
boshqarish vositalarining majmuasi;
3. firma xodimlarining biznes bo‘yicha tashqi sheriklar; 
Mahsulotlar (hizmatlar) iste’molchilar bilan o‘zaro munosabtlarni boshqarish 
qurollari. 
Ushbu nuqtai nazaridan logistikaning korxona boshqaruvning asosiy 
vazifalari bilan o‘zaro aloqasini belgilaymiz. Logistik menejmentning xususiyati 
shundan iboratki, u maqsadlari va vazifalari bo‘yicha moddiy resusrlarni xarid 
qilishlar, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni o‘tkazish jarayonlarida 
investitsion, innovatsion, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot menejment bilan 
bog‘liqdir. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin