VII BOB. KORXONA MAHSULOTINI TAVSIFLASH 7.1. Korxona mahsulotining kompleksli tavsifnomasi va baholanishi Korxona mahsuloti (ishi, xizmati) besh tavsifnomaga – sifat darajasi,
xususiyatlar yig‘indisi, o‘ziga xos bezagi, marka nomi va o‘ziga xos o‘roviga
(qadoqlanishiga) ega bo‘lishi lozim.
Biznes-rejada mahsulotni tavsiflash bozorga sotuvga chiqarilayotgan tovar kabi
ifodalanishi lozim. Tovar haqida o‘z iste‘mol qiymati bilan odamlarning u yoki bu
ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulot yoki buyum sifatida tasavvur paydo bo‘lishining
oldini olish kerak. Tovarning bu jixatlari uning bozor tushunchasi sifatidagi
xususiyatlarining yarmini tashkil qiladi, xolos. Ikkinchi yarmi mahsulotni sotish va
iste‘molga tayyorlash, unga texnik xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar bilan
ta‘minlash, tovar belgisi, o‘rovi va hokazolardan iborat bo‘ladi.
Mahsulotni baholashda taklif qilinayotgan tovarning hayotiylik davrini
aniqlash ham muhim ahamiya kasb etadi.
Har qanday tovarning hayotiylik davri ma‘lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi
va bir qator bosqichlardan (namoyish etish, o‘sish, tarqalish, to‘yinish, so‘nish) iborat
bo‘ladi. Tovarning bu bosqichlardan o‘tish tezligi bozor kon‘yunkturasiga ta‘sir
ko‘rsatuvchi bir qator holatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo‘yicha oldindan hisoblab chiqilgan va
belgilangan tarzda harakatlanishi narx, tovarni sotish usullari, reklama, ishlab
chiqarish obyektlari va tovar harakatlanishi bilan manevr qilish kabi vositalardan
foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishga imkon beradi.
Ularning barchasi sotuv hajmi va darajasiga, demak, biznes-rejaning moliyaviy
natijalariga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Tovarning jozibadorligini belgilovchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, u
iste‘molchi nima uchun aynan shu tovarni tanlashi kerak degan savolga javob topish-
ga yordam beradi
13
.
Mahsulotning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini jadval shaklida keltirilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi (7.1-jadval):
7.1-jadval