Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

7. Patent huquqlari 
Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga to‘sqinlik 
qilishi mumkin bo‘lgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi, patentlar tavsiflanadi: 

foydali modellar; 

tovar belgilari; 

tovarning kelib chiqish joyi nomlanishi. 
Ushbu obyektlarga, «nou-xau»ga egalik litsenziyalari ko‘rsatiladi. 
8. Eksport ko’rsatkichlari va uning imkoniyatlari 
Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo‘lsa, eksportni 
tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar: mamlakat, sotuv hajmi, valyuta tushumini 
ko‘rsatish lozim. Boshqa tovarlar bo‘yicha ichki bozorga mo‘ljallangan mahsulotni 
chet ellik iste‘molchilar talablariga moslashtirishning maqsadga muvofiqligi va 
imkoniyatlari ko‘rsatiladi. 
9. Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari 
Ushbu bo‘limda iste‘molchilar so‘rovlarini ko‘proq qondirish maqsadida 
mahsulotni modernizatsiyalashning asosiy g‘oyalari, yo‘nalishlari va imkoniyatlari 
keltiriladi.
 
7.2. Mahsulotni baholash usullari 
 
Tovar
murakkab tushuncha bo‘lib, bir qator xususiyatlar yig‘indisini qamrab 
oladi. Ulardan asosiysi iste‘molchilik sifatlari, ya‘ni tovarning o‘z egasi ehtiyojlarini 
qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ta‘rifi - 
«sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to‘g‘ri bo‘lsada, tovarni pulga 
ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini 
ko‘rsatish muhim: 
tovar bu – ma’lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir

Tovarning boshqa yana bir ta‘rifiga ko‘ra – bu buyumning foydali xususiyatlari 
yig‘indisidir. Shu sababli u iste‘molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur 
bo‘lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi. 
Tovarning iste‘mol qiymati tovarning o‘zi va unga qo‘shimcha xizmatlar bilan 
bog‘liq xususiyatlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Korxonaning barqaror 
muvaffaqiyati uchun doimiy mijozlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligi sababli 
raqobatli bozorda tovar narxi, o‘rovi (qadoqlanishi), dizayni, ergonomik xususiyatlari 
va unga tegishli hujjatlarga alohida e‘tibor qaratish lozim.
 
Shu bilan birga avtomobil, 
traktor yoki stanok dizaynining ajoyibligi uni bozorda muvaffaqiyatsizlikka 


69 
uchrashidan himoya qila olmaydi. 
Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagi tovarlar sifati va 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining xaridorlar so‘rov va talablariga mos kelishi, 
shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq 
etish iste‘molchi nimaga ega bo‘lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste‘mol 
ko‘rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funktsionallik) 
ko‘proq qadrlashi haqidagi ma‘lumotlarni olishga imkon beradi. Shu bilan birga 
reklama kampaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to‘g‘ri keluvchi savdo 
vositachilarini tanlash ham mumkin. Tadqiqot obyektlari – o‘xshash tovarlar va 
raqobatchi tovarlarning iste‘mol xususiyatlari, iste‘molchilarning yangi tovarlarga 
reaktsiyasi, tovar assortimenti, o‘rovi, servis darajasi, iste‘molchilarning istiqboldagi 
talablari hisoblanadi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos 
ravishda o‘z tovar assortimentini ishlab chiqish, ularning raqobatbardoshligini 
oshirish, tovar hayotiylik davrining bosqichlaridan kelib chiqqan holda faoliyat 
yo‘nalishlarini tanlash, g‘oyani izlab topish va yangi tovarlarni ishlab chiqish, tovar 
markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish 
usullarini aniqlashga imkon beradi. 
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar yoki mahsulotni to‘g‘ri ko‘rsata 
bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda tovarning taxminiy narxi va uni 
ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar miqdorini ko‘rsatish tavsiya qilinadi. 
Ularga ko‘ra har bir tovar birligi keltirishi mumkin bo‘lgan foyda hajmini aniqlash 
mumkin. 
Tovarning asosiy xislatlarini, uning dizayni va o‘rovining afzalliklarini aniq 
tavsiflash katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi tashqi va ichki bozorda sotish 
uchun mo‘ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar tovar xaridorlar talablarini qondira olmasa uni sotish uchun hech qanday 
hatti-harakatlar ko‘ngildagidek tijorat natijalarini bermaydi. Ishlab chiqarilayotgan 
tovarning bozor talablariga mos kelmasligi hozirgi kun sharoitlarida katta moliyaviy 
yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Tovarning «sotiluvchanligi»ni baholashning eng 
samarali usuli tanlangan bozorlarda sinov tariqasida sotish hisoblanadi. Bu birinchi 
navbatda shaxsiy iste‘mol tovarlariga taalluqlidir. Bozor sinovlarini tashkil qilishning 
qiyinligi va qimmatligi sababli ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlarni sinov 
tariqasida sotish kamdan-kam amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlar, ayniqsa, mashinalar, asbob-uskuna va 
qurilmalarni iste‘molchilarga bepul asosda sinash uchun etkazib berish tavsiya 
qilinadi. Bunday sinov natijalari korxonaga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish 
uning texnik darajasi va sifatini eng yuqori bozor talablariga etkazishga imkon 
beruvchi muhim ma‘lumotlarni beradi. Sinov natijasida olingan ma‘lumotlar tovarni 
ommaviy ishlab chiqarishni boshlashdan avval unga zarur o‘zgartirishlar kiritish va 
uni muayyan bozorlarga moslashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Sinov 
tariqasidagi sotuvlar to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchraganda tovar umuman ishlab 
chiqarishdan olib tashlanadi. 
Bo‘limda mahsulot servisini tashkil qilish ham tavsiflanishi lozim (agar 
mahsulot texnik mahsulot bo‘lsa). E‘tiborni tovarning kamdan-kam uchraydigan 
xislatlariga qaratish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bozorni maksimal qondirish, o‘ziga 


70 
xos iste‘mol xususiyalariga ko‘proq e‘tibor qaratgan ma‘qul. Bu yo‘nalishda birinchi 
qadam o‘z tovarini to‘liq va yaxshi bilish, uning kutilayotgan xaridor uchun keltirishi 
mumkin bo‘lgan foydalaridan xabardor bo‘lish hisoblanadi. 
Tashqi bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni tanlashda ichki bozorda sotuv 
natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo‘ljallanuvchi tovarlar 
narx, estetika va funktsiyalar nuqtai nazaridan o‘ziga xos baholashni talab qilishini 
yoddan chiqarmaslik zarur. 
Javob topish lozim bo‘lgan savollar quyidagilardan iborat: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin