Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Iqtisodiy ko’rsatkichlar



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

3. Iqtisodiy ko’rsatkichlar
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan quyidagilar keltirilishi lozim: 

iste‘mol bahosi; 

bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda. 
Iste‘mol bahosi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi 
xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

sotish bahosi (narxi); 

transport xarajatlari; 

o‘rnatish xarajatlari; 

xodimlarni o‘qitish xarajatlari; 

ekspluatatsiya xarajatlari; 

texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash xarajatlari; 

soliqlar; 

sug‘urta badallari va hokazo.
4. Tovarning tashqi bezalishi 
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va 
iste‘molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning 
funktsiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi 
va boshqalarni ko‘rsatish lozim. 
5. Yangi tovarni tavsiflash
Yangi tovarni tavsiflash ayrim xususiyatlarga ega. Avvalo tovar «bozor 
yangiligi» talablariga javob berishi ko‘rsatiladi. Bu atama bilan belgilanuvchi tovarlar 
quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi: 

iste‘molchilar uchun eng yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini ochib 
beradi (pioner tovar); 

oddiy, ma‘lum bo‘lgan ehtiyojni bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi (oq-qora 
televizor o‘rniga rangli televizor); 

iste‘molchilarning kengroq doirasiga ma‘lum darajada ehtiyojni qondirishga 


68 
imkon beradi. 
6. Boshqa tovarlar bilan sotishtirish 
Tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqishda bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va 
korxona taklif qilayotgan tovar xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatiladi. Yangi 
yoki mavjud tovarning raqobatchilar tovarlaridan farqi aniq ko‘rsatilishi lozim. 
Agar korxona taklif qilayotgan tovarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lmasa, u 
bozordagi boshqa tovarlardan ajralib turmasa, bu belgilab qo‘yilishi hamda biznes-
rejada xaridorlarni nima hisobiga jalb qilishni mo‘ljallanayotganligi ko‘rsatilishi 
lozim. Bu xislatlar yoki xaridor uchun qo‘shimcha foydalar biznes-rejaning 
marketingga bag‘ishlangan bo‘limida batafsil ko‘rsatib o‘tiladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin