Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Tovarning hayotiylik davri



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

7.3. Tovarning hayotiylik davri 
 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish strategiyasini ishlab chiqishga ta‘sir etu-
vchi va o‘z navbatida biznes-rejaning ushbu bo‘limida hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda taklif etilayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash muhim ahamiyat 
kasb etadi
14
. Har qanday tovarning hayotiylik davri ma‘lum bir qonuniyatlarga 
bo‘ysunadi va bir qator davrlarni (bosqichlarni) o‘z ichiga oladi (namoyish etish, bo-
zorga kiritish, o‘sish, to‘yinish, pasayish). Tovarning hayotiylik davrining ushbu bos-
qichlaridan o‘tish tezligi, bir vaqtning o‘zida bozor tuzilmasiga ham ta‘sir etuvchi bir 
qancha holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Hayotiylik davrining bosqichlari yoki davrlari 
bo‘yicha oldindan belgilangan va hisoblangan tovarlar harakati tadbirkor uchun o‘z 
vaqtida mahsulot boshdan kechirayotgan bosqichga mos keluvchi qarorlarni qabul 
qilishga imkon yaratadi. Mahsulotga bo‘lgan talabni pasayishini oldini olish yoki uni 
bosib o‘tish bo‘yicha tadbirkor qo‘llashi mumkin bo‘lgan vositalar juda hilma-hildir: 
baho, tovarni sotish usullari, uning reklamasi, ishlab chiqarish bo‘linmalariga 
o‘zgartirish kiritish va tovarni bozorga chiqarish. Bular o‘z navbatida sotish xajmi va 
darajasiga, shu bilan birga loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalariga ta‘sir 
qiladi(7.1-rasm). 
7.1-rasm. Tovar va xizmatlarning hayotiylik davri bosqichlari. 
Turli xil tovarlarga nisbatan hayotiylik davri uzoq muddatli, oddiy va qisqa 
14
Qarang, Горемыкин В.А., Нестерова Н.В. Энциклопедия бизнес – планов: Методика разработки. 75 реальных 
образцов бизнес – планов. - М.: «Ось-89», 2003. – 49 bet. 
3.
Ishlab chiqarish va 
sotishni kеngaytirish
2. Bozorga kiritish 
1. Namoyish 
4. Bozorning to`yinishi 
8. Ishlab chiqarishni 
to`xtatish 
6. Modеrnizatsiya 
5. Pasayish
7. Yangi bozorlar 


72 
muddatli bo‘lishi mumkin. Tadbirkor uchun u ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgan 
tovarning hayotiylik davri haqida ishonchli ma‘lumotlarni olish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Buning ahamiyati, ayniqsa, bozorda o‘xshash yoki xuddi shunday tovarlar 
mavjud bo‘lgan 
hollarda ortadi. Aks holda tadbirkor ishlab chiqqan tovarni bozorga 
kiritish, o‘rnini bosuvchi tovarning qarish bosqichiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunda 
bozorga yana taklif qilingan tovar sotilmaydi va uni ishlab chiqarishni darhol 
to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. 
Albatta, hayotiylik davrining bosqichini aniqlash juda qiyin, chunki tovarning 
hayotiylik davrini u tugagan taqdirdagina aniq bilish mumkin bo‘ladi. Shu sababli 
hayotiylik davri tugagandan so‘ng mazkur tovar qaysi payt qaysi bosqichda bo‘lganligini 
aytib bera olsak, «hayot» davrida barcha hisob-kitoblar taxminiy xarakterga ega bo‘ladi.
Firmalar tovar haqiqatda o‘sish bosqichida turgan bir paytda u etuklik bosqichga 
kirdi deb, unga e‘tiborni susaytirgan hamda qo‘shimcha foyda olish imkoniyatidan 
mahrum bo‘lgan hollar ko‘p kuzatilgan. Ko‘pincha buning aksi ham bo‘lib turadi. Tovar 
o‘sish bosqichida deb hisoblagan firma uni o‘zlashtirishga kirishadi. Tekshirib 
ko‘rilganda esa, tovarning etuklik bosqichidan o‘tganligi ma‘lum bo‘lib, firmaning 
omborlarida sotilmay qolgan mahsulotlar to‘planib qoladi. Aynan shu sababli «ikkinchi 
to‘lqin»dagi ishlab chiqaruvchilar ular ishlab chiqarishni mo‘ljallab turgan tovarning 
hayotiylik davri bosqichini to‘g‘ri topa olishlari lozim bo‘ladi. Bu yangi tovarlarni ishlab 
chiqish strategiyasini to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
Shunday qilib, yangi tovarlarni ishlab chiqishda ishlab chiqilayotgan tovar va 
boshqa firmalarning o‘xshash tovarlarining hayotiylik davri bosqichlarini solishtirsh 
muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaffaqiyatli rivojlanish uchun har bir korxona o‘sish 
bosqichidagi raqobatbardosh tovarlarga ehtiyoj sezadi.
Tovar o‘sish bosqichida bo‘lgan va tez sotilayotgan paytda firma barcha hatti-
harakatlarini uni sotishga qaratadi va ko‘p hollarda kelgusi avlod tovarlarini ishlab 
chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Biroq, o‘sish sur‘ati pasayishni boshlagan paytda 
bu haqda o‘ylash kech bo‘ladi. 
Firma ishlab chiqarayotgan tovar etuklik bosqichga yaqinlashgan paytda bu tovar 
qarish bosqichiga kirishi bilan yangi tovarlar kirib kelishi uchun kelgusi avlod tovarlarini 
ishlab chiqishga kirishish lozim. 
Yuqorida aytib o‘tilganlarni hisobga olgach, ishlab chiqilayotgan tovarlarning 
hayotiylik davrini kompleksli o‘rganishning muhimligi tushunarli bo‘ladi. Bunday 
o‘rganish boshqa firmalarning o‘xshash tovarlari bilan birgalikda firmaning o‘z tovarlari 
hayotiylik bosqichini tahlil qilishni talab qiladi.
Albatta, taqchillik sharoitlarida ko‘plab tadbirkorlar asosiy e‘tiborni tovarning 
hayotiylik davrini o‘rganishga emas, balki umuman boshqa, tovarni ishlab chiqarish va 
bozorga etkazish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq 
tovarning hayotiylik davrini tahlil qilish zaruratiga e‘tibor qaratmaslik ham ko‘p hollarda 
ishlab chiqarish samaradorligining eng yuqori bo‘lishiga erishishga imkon bermaydi. 
Eng urfga kirgan tovarlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bir qator 
tadbirkorlarning esa tovarning
hayotiylik davri muammolariga murojaat etishi 
shubhasiz. Bundan tashqari, bozorga murojaat qilishga ko‘pincha yangi tovarni ishlab 
chiqish yoki chiqarilayotgan tovarning hayotiylik davriga o‘zgartirish kiritish zarurati 
majbur qiladi. Bozor haqida, unda ro‘y berayotgan jarayonlar haqidagi axborotni 
marketing tadqiqotlari beradi. 


73 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin