81
mahsulotning estetik jihatdan ma‘qulroq joylashtirish va unga zarar et-
kazilishidan himoya qiladi;
mahsulotni indentifikatsiya qilishda yordam beradi;
ishlatilishida va saqlashda qulaylik yaratadi;
xaridor e‘tiborini o‘ziga jalb qiladi;
mablag‘ni tejaydi.
Qadoqlashning e‘tiborni jalb qiluvchanligi mahsulotni muvaffaqiyatli
sotilishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Jalb qilish darajasi bir qator omillar: o‘lchovi, rangi,
materiali, qadoqlash shakli jixatidan alohida farqlanuvchi va oson o‘qiladigan yozuv
va ko‘rsatmalar bilan shakllanadi.
Qadoqlash idishlari taqqoslash, solishtirish vositasi sifatida shunchalik muhim
bo‘lib bo‘lib qoldiki, ''Koka-kola'', ''Xaynts'' kabi kompaniyalar o‘z ishlarini va
yorliqlarini (etiketka) uzoq yillar mobaynida o‘zgartirmaydilar, bu esa xaridor uchun
mahsulot markasini tezda bilib olishga imkon yaratadi. Qadoqlash idishlarini boshqa
maqsadlardan ham ishlatish imkoniyati xaridorlarni bevosita jalb qilish darajasini
oshiradi. Masalan, ichimliklardan bo‘shagan idishlar keng ko‘lamdagi maqsadlarda
foydalaniladi. Ba‘zi birlari kollektsionerlar uchun bebaho predmet bo‘lib qoladi.
Servis xizmatini tashkil etish strategiyasi
sotishdan oldingi va sotishdan key-
ingi servis xizmatini ko‘zda tutadi.
Sotish oldi servisi taklif etilayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini
takomillashtirish maqsadida iste‘molchilar talablarini doimiy o‘rganish va tahlil qi-
lishga yo‘naltirilgan.
Sotishdan keyingi servis kafolat muddati davomida va undan keyingi
ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuni (sozlash, ta‘mirlash) ko‘zda tutadi.
Biznes-rejada servis doirasida qanday xizmatlar bajarilishi to‘g‘risidagi axbo-
rot beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
-
mahsulotni bepul etkazib berish;
-
transportirovka (tashish) natijasida yuzaga kelgan nosozliklarni yo‘qotish;
-
mahsulotni o‘rnatib berish va ishga tushirib berish;
-
bepul kafolatli ta‘mirlash muddatlari;
-
kafolat muddatlaridan so‘ng pulli ta‘mirlashni amalga oshirish;
-
zarur hollarda xaridorning xodimlarini mahsulotdan foydanish bo‘yicha
dastlabki o‘qitishni tashkil etish;
-
ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash;
-
texnik maslahatlar berish;
Bundan tashqari xizmatlarni amalga oshirish shaklini ham ko‘rsatish zarur:
-
ishlab chiqaruvchi tomonidan;
-
mahsulot sotuvchisi tomonidan;
-
ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma asosida iqtisoslashgan tashkilot tomoni-
dan xizmat ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: