Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Yangi mahsulotni yaratish



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
Yangi mahsulotni yaratish
. Biznes-rejada korxonaning yangi mahsulot yaratish 
bo‘yicha siyosatini bayon qilish lozim. Ushbu siyosatni ishlab chiqishda birinchi navbat-
da iste‘molchilar talablariga tayaniladi. Bundan tashqari quyidagi qoidalarni ham 
hisobga olish kerak: 

yangi mahsulotni yaratish va bozorga chiqarish zarur, lekin u bir muncha tavak-
kalchilik bilan bog‘liq. Amaliyot ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan yangi mahsulotlarning 
keng iste‘mol tovarlari bozorida 40 foizi, sanoat tovarlari bozorida 20 foizi, xizmatlar 
bozorida esa 18 foizi kasodga uchraydi. Bunga sabab sifatida talab xajmining no‘to‘g‘ri 
belgilanishi, 
reklamaning 
etarli 
emasligi, 
talabni 
shakllantirish 
va 
sotuvni 
rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarning past darajasi, bahosini asossiz oshirib yuborish
raqobatchilarning javob harakatlari, bozorga chiqarish vaqtini no‘to‘g‘ri tanlash kabilar-
ni ko‘rsatish mumkin. 

yangi tovarni ikki usulda olish mumkin: chetdan sotib olish (korxona sotib olish, 
patent yoki ruxsatnomani sotib olish orqali) yoki korxonani o‘zida yangi mahsulot turini 
ishlab chiqish;
 

tovarni bozorga chiqarilayotgan davrdagi asosiy xaridorlarning talablariga javob 
berishi kerak. Bu esa yangi tovarlar shakllanishini bashoratlashni va yangi g‘oyani ilgari 
surish hamda tovarlarni sinov sotuvlari o‘rtasidagi oraliqni qisqartirishni talab qiladi. 
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra 80 -100 ta yangi g‘oyalardan faqatgina bittasi, bozorning 
istiqbol talablariga javob bera oladigani hayotga tadbiq etilar ekan.
 
Korxona nomini tanlashda quyidagilarga e‘tibor berish lozim:

u nom ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan nom bilan bir xil bo‘lmasin;

korxonaning yoki kompaniyani tashkil etuvchilarining ismidan, mashhur 
shaxslar nomlaridan iborat bo‘lmasin, aks holda ularning o‘zlari yoki mero-
sxo‘rlaridan ushbu nomdan foydalanish uchun ruxsat olish lozim bo‘ladi; 

qonunchilik talablariga yoki ijtimoiy axloq normalariga zid bo‘lgan nom-
larni o‘z ichiga olmasin. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra indentifikatsiya qilish va 
tegishli guvohnoma asosida nom berish mahalliy (tuman, shahar) statistika idoralari 
tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnoma olish uchun korxonaga yoki firmaga 
qo‘ymoqchi bo‘lgan nom ko‘rsatilgan arizani taqdim etish kifoya qiladi va arizani 
uch ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin