76
1)
iqtisodiy reallik –
ichki milliy mahsulot,
dispersion daromad, ya‘ni ayni
paytda erishilgan turmush darajasi;
2)
ijtimoiy omillar –
aholi tarkibi, qadriyatlar, raqobat, tendentsiyalar;
3)
texnik rivojlanish darajasi –
texnik taraqqiyot, bozorning texnik
taraqqiyotni sezuvchanligi;
4)
huquqiy-normativ muhit –
qonunchilik, normativ hujjatlar.
Agar tadbirkorlik muhiti korxonaga tanlangan biznes
sohasida muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatishga imkon bersa, marketing xizmatining faoliyati u ishlashi lozim
bo‘lgan tovar bozoriga qaratilishi lozim. Bunda korxonaning bozorga chiqishida uch
variant mavjud: qo‘shilish, ilgari mavjud bo‘lgan
mavqeni saqlab qolish va
qisqartirish.
U yoki bu yo‘nalishni tanlash ko‘plab masalalarni bajarishga, birinchi navbatda
korxonaning yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulot chiqarish imkoniyatlariga bog‘liq
bo‘ladi. Biroq bungacha boshqa masalani hal qilib olish kerak: korxona u
chiqarayotgan yoki mo‘ljallayotgan mahsulotga talab qanday vujudga kelishi,
uning
narx o‘zgarishiga qanchalik moslashuvi va bu moslashuvchanlikning yakuniy natija
foyda(daromad)ga qanchalik ta‘sir ko‘rsatishini bilishi lozim.
Marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqarishni bozor talablariga maksi-
mal moslashtirishni, qo‘l ostidagi mavjud vositalar (mahsulot sifati, reklama,
servis
va x.k.) yordamida bozor va iste‘molchilarga faol ta‘sir o‘tkazishni ta‘minlash za-
rurdir. Korxona o‘z mahsulotini iste‘molchigacha etkazishga qobiliyatli ekanini
ko‘rsatish kerak.
Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida marketing rejasi mufassal ishlab chi-
qishni talab qiladigan ko‘plab savollarni yoritishni talab qiladi
15
. Lekin barcha savol-
larni rasmiy biznes-rejaga kiritish zarur emas. Mazkur bo‘limga
biznes-rejaning
maqsadlaridan kelib chiqib, rejalashtirilayotgan marketing faoliyatining asosiy (eng
qiziqarli) holatlarini kiritish maqsadga muvofiq.
Bo‘limning tuzilmasi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
marketing strategiyasi;
tovar siyosati;
baho(narx) siyosati;
sotish siyosati;
kommunikativ (axborot almashinuvi) siyosati
marketing byudjeti.
Dostları ilə paylaş: