86
tovarga bo`lgan talab va taklifga ko`ra o`zgaradi. Talabni rag`batlantirish va korx-
onani raqobatdan himoya qilish uchun yangi tovarlar bo`yicha izlanishlar olib borish
lozim.
Ustuvor baho stratågiyasi
past baholar stratågiyasining
yoki kuchli yorib
kirish stratågiyasining davomi hisoblanadi. Ushbu stratågiya
korxona faoliyati so-
hasiga raqobatchilarning kirib kålishi xavfi bo`lganda qo`llaniladi.
Uning mohiyati
raqobatchilarga nisbatan xarajatlar yoki sifat bo`yicha ustunlikka erishishdadir.
Mahsulot hayotiylik davrining pasayishi bosqichida uchta maxsus stratågiya
qo`llaniladi.
Birinchisi mahsulot bahosini eng quyi darajasiga pasaytirishga asoslanadi.
Ikkinchisi ham birinchi stratågiyaga o`xshaydi, låkin
mahsulotni boshqa
mahsulot bilan siqib chiqarish davrining davomiyligi va darajasiga bog`liq
ravishda
såkinroq kåchadi.
Uchinchi stratågiya tovarni bozorda siljitish bo`yicha
sarflarni oshirish orqali
uning hayotiylik davrini uzaytirishga yo`naltirilgan.
Bahoni shakllantirish usulini tanlash.
Biznes-rejada korxona bahoni belgilashda foydalanadigan usullarni ko‘rsatish
lozim. Bahoni shakllantirishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usullarni ko‘rib chiqamiz:
-
o‘rtacha xarajatlar qo‘shuv foyda;
-
zararsizlik va maqsadli foyda;
-
tovarning qimmati bo‘yicha tutgan o‘rniga yo‘naltirilgan;
-
raqobatga yo‘naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: