85
Bahoni shakllantirish maqsadlarini qo`yish
Xarajatlarni
baholash
Talabni aniqlash
Raqobatchilar bahosi va tovarlarini
taxlili qilish
Baho stratеgiyasini ishlab chiqish
Bahoni shakllantirish
usulini tanlash
Dastlabki bahoni bеlgilash
Baho
taktikasini ishlab chiqish
Bahoni bozor sug`urtasini (kafolatini) amalga oshirish
8.1-rasm. Baho siyosatini ishlab chiqish bosqichlari.
Yuqori baho yoki «qaymog’ini olish»
strategiyasi - avvalo tovar bahosini ish-
lab chiqarish narxidan ancha yuqori o‘rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul
bilan yangi tovarlar (patentlar bilan himoyalangan) sotiladi
va bozorga kirgandan
keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. Yuqori
baho strategiyasi korxonaga xarajatlarni tezda qaytarib olishga yordam beradi.
Keyinchalik bozorda o‘xshash tovarlar - raqiblar paydo bo‘lgandan
keyin korxona
o‘z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovarlar modi-
fikatsiyasini yarata boshlaydi.
«Past baholar» yoki «bozorga yorib kirish»
strategiyasida mahsulotga
dastlab past baho o‘rnatiladi va talabni rag‘batlantiriladi.
Raqiblar bozordan siqib
chiqariladi va asosiy ulush egallanadi, sekin asta mahsulot bahosi oshirib boriladi. Bu
strategiyani qo‘llash quyidagi sharoitlarda maqsadga muvofiq: bozor baho
o‘zgarishiga juda sezgir va past baholar uning
kengayishiga yordam beradi; xa-
rajatlarning o‘sib borishi bilan ishlab chiqarish va sotish xajmi qisqarib boradi; raqo-
batchilar uchun past baholar qiziqarli emas.
Dostları ilə paylaş: