12
oldingga aniq maqsad qo‘y. Qo‘lingdan kelgancha ta‘lim ol, so‘ngra
Xudo haqqi,
biron narsa qil».
Agar biron-bir foydali ish qilinsa – bu biznesning albatta bajarilishi lozim
bo‘lgan shartidir, biznesning o‘zi bozor iqtisodiyotining ishbilarmonlik asosidir.
Biznes erkin shaxsning tashabbusi va ijodkorligi asosida yaratiladi.
U yollanma
xodimning ko‘r-ko‘rona buyruqni bajarishi, majburiy mehnat qilishiga qarshi
qo‘yiladi. Biznesni harakatlantiruvchi
kuch bu faollik, majburiyat, batartiblik va
insonning o‘ta mehnatsevarligidir. Ushbu
talablarga asoslanmas ekan, biznes yakka
tarzda amalga oshiriladimi, jamoaviy tarzdami, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrashi
shubhasiz.
Insonni biznesmen bo‘lishga majbur qilish mumkin emas,
uning uchun faqat
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, o‘z g‘oya va ixtirolarini ishga solish uchun
sharoit yaratib berish mumkin. Biznesni boshlashdan
avval quyidagi asosiy
tamoyillarga amal qilish lozim bo‘ladi:
1.
Biznesning qonun va qoidalarini yaxshi bilish.
2.
Etarli miqdorda boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lish.
3.
O‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish.
Biznes
bilan
faqat
qo‘shnilar,
do‘stlar
yoki
tanish-bilishlar
shug‘ullanayotganligidan kelib chiqqan holda shug‘ullanish mumkin emas. Gap
shundaki, biznes bu doim ham muvaffaqiyat yoki foyda keltiradigan ish emas, u
biznesmen uchun ham, uning hamkorlari uchun (jamoaviy biznes hollarida) ham
ma‘lum bir xavf-xatar va tavakkalchiliklar deganidir.
Biznes jiddiy raqobat, o‘zaro
kurash, doimiy izlanish va qarama-qarshiliklarni anglatadi.
Ayrim iqtisodchilar biznes va tadbirkorlikni yanglish tarzda sinonim
tushunchalar deb hisoblashadi. Boshqa iqtisodichilar esa ular o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri
anglay oladilar. Garchi ular o‘rtasida «Xitoy devori» bo‘lmasada, biroq ayrim
jihatlardagi farqlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: