101
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Usul: Qaysi tarzda?
Аgar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday usullar tanlab
olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga
aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda “o‘rgatish va o‘rganish usullari” deb
atalgan usullar o‘qituvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.
Sharoitlar: Nimalar yordamida?
Sharoitlar deganda, birinchi navbatda material-texnikaviy
shart-sharoitlar
tushuniladi. Bir tomondan, texnikaviy sharoitlar tushuniladi, yaʼni binolar,
sinfxonalar, o‘quv
ustaxonalar, laboratoriyalar, jihozlanganlik darajasi,
asbob-
uskunalar, materiallarning umumiy holati va hokazo, chunki ular maʼlum sifat
standartlariga javob berishi kerak.
Boshqa
tomondan esa, usullar va o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular
o‘quv jarayonini bilimlar o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Lekin gap, vositalarning
ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maqsadiga erishish uchun maʼqul
keladigan vositalarni tanlay olishdadir.
Dostları ilə paylaş: