105 XALQ TA’LIMI: MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR O‘quvchilarda badiiy va ijodiy didini tarbiyalash va rivojlantirishda
umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta.
O‘quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san’atdan
bahramand bo‘lishni, avvalo, maktablarda o‘rganadilar.
Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo, insonni
tarbiyalaydi.
Musiqa o‘sib kelayotgan yosh avlodni go‘zallik olamiga olib kirishi shubhasiz.
Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega va
axloqiy-nafosat tarbiyasining muhim vositasidir.
Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq oladi.
Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi,
go‘zallikni his eta oladigan bo‘lishi kerak.
MUSIQA TINGLASH Musiqa madaniyati darslarida tinglash faoliyati kuylash bilan bir qatorda,
o‘quvchilarning musiqiy ongini rivojlantirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Musiqa madaniyati darsining barcha faoliyatlari avval musiqani tinglab, uni idrok
etishdan boshlanadi va o‘quvchi ruhiyatiga ta’sir etadi. Shuning uchun musiqa
tinglash musiqa madaniyati darsining yetakchi faoliyati bo‘lib hisoblanadi. Shu
bois o‘quvchilarning musiqani to‘g‘ri tinglashga o‘rgatilishi uni barcha faoliyat
turlari bilan chambarchas bog‘lab (
intonatsion mashqlar, jamoa bo‘lib kuylash, notaga qarab kuylash, ijodiy mashqlar, diktantlar va h.k. ), musiqiy xotira va
tafakkurini rivojlantirishga, musiqiy amaliy ko‘nikmalarini shakllantirib, asarlarni
to‘g‘ri ijro etishiga yordam beradi. O‘quvchilarning hayotiy tajribalariga tayangan
holda, har bir musiqiy asar zamirida ma’lum, his-tuyg‘u va fikr aks ettiriladi.
1-sinf o‘quvchilari tinglash faoliyatlarida tinglagan asarlarining nomini to‘g‘ri
ayta olishi, uni xarakterini (
g‘amgin, quvnoq va h.k. ) so‘z bilan tushuntirib bera
olishi, qo‘shiqlarning esa mazmunini so‘zlab bera olishi lozim. Doira, nog‘ora,
rubob, dutor, karnay va surnay cholg‘ulari ijrosidagi kuylarni tinglaganda ularni
ovoz tembridan farqlay olishi lozim.