Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

107
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Takrorlash mashqi

Kuy yoki qo‘shiq bir necha bor takroriy ijro etilganidan 
so‘ng, o‘quvchilar tomonidan kuylab yoki qarsak (
bolalar cholg‘ularida jo‘r 
bo‘lib)
bilan ijro etiladi. Dastlab kuyning sodda jumlasi bir marotaba ijro etib 
berilib, keyin takrorlash so‘raladi, shunday so‘ng, asta murakkablashtirish orqali 
rivojlantirib boriladi. Buni 2-3 marotaba (
bu vaqtda o‘quvchilar kuyni eshitishadi 
va eslab qolishadi)
takrorlash mumkin. 
Og‘zaki diktant
 - 
O‘qituvchi kuylab bergan yoki cholg‘uda ijro etgan 
kuy namunasini takroran kuylay olishi. Bu shakldagi diktant o‘quvchilarga 
ayrim murakkab kuylarni tushunib qabul qilishlariga, musiqiy xotiralarini 
rivojlantirishga yordam beradi. Ichki eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun 
o‘quvchilarga qisman tanish kuylar usulini mashq qilib kelish uy vazifasi sifatida 
tavsiya etiladi. Bunday jarayon aytilgan kuyni eslab qolishga va uni tushunishga 
yordam beradi hamda eshitilgan ohangning nota tasvirlari bilan aloqalarini 
mustahkamlaydi. 
Jamoa bo‘lib kuylash (Vokal-intonatsion malakalar)
O‘quvchilarning musiqiy uquvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, jamoa bo‘lib 
kuylashning ahamiyati kattadir. Bunda o‘quvchilarni kuylashga qiziqtira olish 
ko‘p jihatdan o‘rganadigan har bir mashq yoki qo‘shiqni o‘qituvchi tomonidan 
chiroyli qilib kuylab berilishiga bog‘liq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib 
boriladigan vokal-xor mashqlari, ko‘p hollarda, o‘qituvchi ovoziga taqlid qilib 
kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam 
ish olib borishi lozim.
Jamoa bo‘lib kuylashda o‘qituvchi, albatta, ovoz sozlash mashqlarini to‘g‘ri 
tashkil eta olishi hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ovoz diapazoni (do
1
-
do
2
), ishchi diapazoni (mi
1
-fa
1
-sol
1
) primar tovushlarida kuylash uchun qulay 
bo‘lgan (sol

- lya
1
) tovushlarini aniq bilishi lozim.
Kichik sinflarda o‘qituvchi o‘quvchilarning ovoz diapazonini mo‘ljalga to‘g‘ri 
ola bilishi zarur. 2-4-sinflarda esa ovoz diapazonini 1-2-tonga kengaytirib borish 
mumkin. Ovoz diapazoni cheklangan o‘quvchilar ham uchrab turadi. Bunday 
o‘quvchilar bilan ovoz apparatini zo‘riqtirmagan holda, ovoz diapazonini 
kengaytirish ishlarini doimiy amalga oshirib turishlari kerak. Ayrim holda 
bunday o‘quvchilarning ovoz diapazoniga moslashtirib transpozitsiya qilish, ijro 
etayotgan asarning tonalligini almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ovoz sozlash mashqlari 
(
vokal-intonatsion mashqlar
) o‘quvchilarning 
musiqa madaniyati darslari orqali olgan amaliy-nazariy ma’lumotlarini 
mustahkamlashga yordam beradi.


108
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Sof intonatsion mashqlarni kuylash jarayonida o‘qituvchi kuylash sifatini 
diqqat bilan kuzatishi lozim (
intonatsiyaning sofligi, erkin nafas, legato bilan 
kuylashni bilishi
).
O‘quv faoliyatining dastlabki bosqichlarida intonatsion mashqlarni 
jamoa bo‘lib yoki guruhlarga bo‘linib kuylab, undan so‘ng yakka ijroga o‘tish 
tavsiya etiladi. Ovoz sozlash mashqlari dastlab o‘rtacha tempda, erkin ritmda 
o‘qituvchining qo‘liga qarab bajariladi. Keyinchalik intonatsion mashqlarni ritmik 
boyitish lozim. 
Ovoz sozlash mashqlari (
vokal-intonatsion mashqlar
) odatda jamoa 
bo‘lib kuylashdan oldin amalga oshiriladi. Asosiy malakalarni tarbiyalashda 
qo‘shimcha vosita hisoblanganligi sababli, ularga ko‘p vaqt ajratish zarur 
emas. Musiqiy adabiyotlardan parchalar, shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan 
tuzilgan mashqlar intonatsiya mashqlari uchun vokal ijrochilik materiallari bo‘lib 
xizmat qiladi. Quyida boshlang‘ich sinflarda yaxshi samara beradigan bir necha 
mashqlar keltirilgan. Uni o‘qituvchi ijodiy yondoshgan holda (
o‘quvchilarga 
tanish bo‘lgan tez aytishlar so‘zlaridan ham foydalanish mumkin
) turli ritmik 
usullarda berishi mumkin. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin