112
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
o‘yinlar o‘tkazish, musiqaning xarakteriga mos, turli qo‘l va tana harakatlari bilan
mazmunni ifodalash.
Ma’lumki, milliy musiqamiz madaniyatida raqs muhim o‘rin tutadi va unga
har bir bola qiziqadi. Har bir harakat turini o‘qituvchi oldindan belgilaydi va o‘zi
uni aniq go‘zal va ifodali qilib ko‘rsatib beradi. Har bir harakatni bajarishdan oldin,
unga doir musiqa mazmunini avval ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so‘ngra
harakatlar bajarishi yaxshi natija beradi.
Bolalar musiqali o‘yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko‘p musiqiy asarlar
mazmunida o‘yin metodlaridan foydalanish mumkin. Dars jarayonida bajarilgan
har
bir musiqiy harakat turi, musiqali o‘yinlar, o‘quvchilarning xotirasini
mustahkamlaydi, nutqini o‘stiradi, jismoniy sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadi va
ularni ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishlarini oshiradi. Bunda dars tuzilishining
pedagogik maqsadlariga qarab, mashg‘ulotni istalgan dars faoliyatidan boshlash
mumkin. Bundan maqsad, o‘quvchilarni
musiqaga qiziqtira olish, musiqiy
qobiliyatlarini o‘stirish, dars faoliyatlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘lab
mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishishdir.
Musiqa savodi
Musiqa savodi – musiqa san’ati haqidagi boshlang‘ich tushunchalar
tizimidan iborat. Shuning uchun musiqa savodi
darsning mustaqil musiqiy
faoliyati tarzida emas, balki butun dars davomida, ayniqsa, jamoa bo‘lib kuylash,
musiqa tinglash uchun asarlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganiladi.
Musiqa madaniyati darslari mazmunida o‘quvchilarning musiqiy
savodxonligini tarkib toptirish muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. Chunki
musiqa savodi darsning ta’limiy vazifasini bajaradi.
Musiqa savodining asosiy
negizi berilgan mavzularni, kuylash va tinglashga doir asarlarini savodli
tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Ular o‘quvchilarni
kundalik hayotidan
olinayotgan taassurotlari va musiqiy tajribalari asosida o‘rgatiladi. Har bir
darsda o‘quvchilarning musiqa haqidagi bilimlari boyib boradi. O‘quvchilarining
musiqiy taassurotlari va tajribalarining o‘sishi, musiqani hayot bilan bog‘lashda
va musiqaning eng oddiy qonuniyatlari haqidagi bilim doiralarini kengaytirishda
muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: