Izlanishlar, yechimlar


Bir qator ritmik mashqlarni tavsiya qilish mumkin



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

Bir qator ritmik mashqlarni tavsiya qilish mumkin:
- tanish qo‘shiq, kuylarning ritmik sur’atiga zarb berish
- o‘qituvchi ijrosining ritmik sur’atiga qayta zarb berish
 
(
chapak yoki zarbli 
cholg‘ular yordamida
); 
- doskada yozilgan misolning ritmik sur’atiga chapak chalish; 
- darslikda berilgan ritmik namunalarni chapak yoki bolalar cholg‘ularida ijro 
etish;
- nota yozuvlari bo‘yicha maxsus kartochkalar bilan ishlash; 
- ritmik sur’atni bo‘g‘inlab so‘zlash; 
- qo‘shiqlar akkomponentiga ritmik ostinato (ital. ostinato, lot. obstinatus – 
mustahkam tayanib) musiqiy kompozitsiyasining usuli va texnikasi bo‘lib, 
unda melodik jumlaning (melodik ostinato), ritmik jumlaning (ritmik 
ostinato), garmonik aylanmaning (garmonik ostinato) ko‘p marotaba 
takrorlanishidir); 
- zarbli cholg‘ularda murakkab bo‘lmagan ritmik partituralarni o‘qib, aytib 
berish; 
- ritmik diktantlar (yozilgan kuyning ritmik sur’atini chapak yoki zarbli 
cholg‘ular orqali ijro etish va h.k.).
Barcha mashqlar turli xil o‘lcham va templarda beriladi. O‘qituvchining o‘zi 
ham mazkur mashqlarning turli variantlarini tuzishi yoki yangilarini o‘ylab topishi 
mumkin. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari notalarni to‘liq o‘zlashtirmagani va ularning 
cho‘zimini bilmagani bois, ularda obrazli “katta” va “kichik” tasavvurlar mavjud. 
Darlikda kuy-qo‘shiqlar ritmi katta va kichik doirachalar shaklida berilgan 
bo‘lib, kattaroq doirachalar kichiklaridan uzunroq tarzda chapak yoki bolalar 
cholg‘ularida ijro etiladi. Darslikda esa ular maxsus shartli belgilar bilan berilgan. 


111
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Bolalar cholg‘usida jo‘r bo‘lish
Bu faoliyat turi eng qiziqarli mashg‘ulotdir, chunki bolalar cholg‘ulari jonli 
va tovushli o‘yinchoqlar sifatida har bir o‘quvchini qiziqtiradi. Bolalar cholg‘ulari, 
birinchi navbatda, o‘quvchilarda ijrochilik elementlari orqali ijodkorlik, musiqiy 
o‘quv qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Musiqa madaniyati darslarida bolalar cholg‘ularidan foydalanish yaxshi 
natijalar berishi bilan birga, o‘quvchilarning darsga intiluvchanligi, qiziqishi 
hamda musiqiy o‘quvini oshiradi. Musiqa darslarida asosan, kuychan va kuychan 
bo‘lmagan (shovqinli) cholg‘ular qo‘llaniladi. 
1. Kuychang cholg‘uga metallofon va ksilafon kiradi.
2. Kuychang bo‘lmagan cholg‘ularga: doirachalar, oddiy cho‘p qoshiqlar, 
kichik shiqildoqlar, safoillar, barabanchalar, uchburchak, markassa va rumbalar 
kiradi.
Bolalar cholg‘ularida jo‘r bo‘lish qo‘yidagicha amalga oshiriladi:
 
kuyni tinglab, chapak chalish va unga ritmik jo‘r bo‘lish.
 
Musiqaga ritmik jo‘r bo‘lishni aniq bajarganlar, bolalar cholg‘ularida jo‘r 
bo‘ladilar, asta sekinlik bilan jo‘r bo‘lishga qiynaluvchi (passiv) o‘quvchilarni ham 
o‘zlari bilan ijro etishga o‘rgatib boradilar. 
 
Bolalar musiqaga cholg‘ularida jo‘r bo‘lishda turli cholg‘ularidan 
almashtirib foydalanishlari mumkin. 
 
Sinf 2 guruhga bo‘linadi. 1-guruh chapak va cholg‘uda, 2-guruh esa 
ovozda usul berish (bum-bak,baka-baka-bum) bilan amalga oshirishi ham
mumkin.
 
Cholg‘u ijrochiligida grafik usulda ko‘rsatilgan ritmik tuzilmalarga qarab, 
chalish ham o‘quvchilar ijodkorligini oshiradi, faollashtiradi, ijrochilik malakalarini 
va musiqiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin