108
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Sof intonatsion mashqlarni kuylash jarayonida o‘qituvchi kuylash sifatini
diqqat bilan kuzatishi lozim (
intonatsiyaning sofligi, erkin nafas, legato bilan
kuylashni bilishi
).
O‘quv faoliyatining dastlabki bosqichlarida intonatsion mashqlarni
jamoa bo‘lib yoki guruhlarga bo‘linib kuylab, undan so‘ng yakka ijroga o‘tish
tavsiya etiladi. Ovoz sozlash mashqlari dastlab o‘rtacha tempda, erkin ritmda
o‘qituvchining qo‘liga qarab bajariladi. Keyinchalik intonatsion mashqlarni ritmik
boyitish lozim.
Ovoz sozlash mashqlari (
vokal-intonatsion mashqlar
)
odatda jamoa
bo‘lib kuylashdan oldin amalga oshiriladi. Asosiy malakalarni tarbiyalashda
qo‘shimcha vosita hisoblanganligi sababli, ularga ko‘p vaqt ajratish zarur
emas. Musiqiy
adabiyotlardan parchalar, shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan
tuzilgan mashqlar intonatsiya mashqlari uchun vokal ijrochilik materiallari bo‘lib
xizmat qiladi. Quyida boshlang‘ich sinflarda yaxshi samara beradigan bir necha
mashqlar keltirilgan. Uni o‘qituvchi ijodiy yondoshgan holda (
o‘quvchilarga
tanish bo‘lgan tez aytishlar so‘zlaridan ham foydalanish mumkin
)
turli ritmik
usullarda berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: