Izlanishlar, yechimlar


Musiqa tinglash bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

Musiqa tinglash bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: 
– tinglashga berilayotgan asar haqida o‘qituvchi kichik ma’lumot (kirish so‘zi) 
berishi va tinglash jarayonida ahamiyatli bo‘lgan jihatlarni eslatib o‘tishi;. 
– Kuy o‘qituvchi ijrosida yoki audioyozuvda bir necha bor tinglanishi;
– tinglangan kuyga chapak yoki bolalar cholg‘ularida ritmga jo‘r bo‘lib ijro 
etilishi; 


106
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
– asarni bir butunligicha qayta tinglash va o‘quvchilar bilan umumiy 
taassurotlar yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazilishi kerak.
Bu o‘quvchilarning uquvi, diqqati va koordinatsiyasini rivojlantirish bilan birga, 
tinglash madaniyatini ham shakllantiradi. Ushbu faoliyat o‘quvchiga ichki eshitish, 
tasavvurini jamlash, musiqiy xotira va tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi.
 
Musiqa tinglash metodlari:
1. Ko‘rgazmali metod:
2. o‘qituvchining jonli ijrosi, rasmlar va illyustratsiyalar, bolalar cholg‘usi (torli 
va h.k), ritmli harakatlar.
3. Amaliy metod:
4. asarni tinglash va kuylash orqali o‘quvchilarning musiqiy asarga 
qiziqishini oshirib, ularning hayotiy tajribasiga bog‘lab tushuntirish va 
musiqiy asarga munosabatini faollashtirish.
5. Taqqoslash metodi:
6. bunda asarlarning janrlari, ijrochilik xususiyatlari, templari, mazmunlari 
taqqoslanadi, musiqiy didini o‘stirishga yordam beradi.
7. 
Og‘zaki metodlar:
8. O‘qituvchi tinglanadigan asar mazmunini bolalar hayotiga bog‘lab 
yoritadi. Asar mazmuniga qarab mualliflari, kelib chiqish tarixi haqida 
qiziqarli hikoya qilib beradi.
Tinglash faoliyati uchun tavsiya etiladigan mashqlar.
Xotira mashqi (diktant)– tinglash faoliyatining murakkab va shu bilan 
birga, qiziqarli shaklidan biri hisoblanadi. U o‘quvchilarning musiqiy xotirasini 
rivojlantiradi, musiqani ongli idrok qilishga va musiqiy talaffuzning boshqa 
elementlarini his qilishga ko‘maklashadi, eshitilgan kuyni aniq takrorlashga 
o‘rgatadi.
O‘quvchilarning olgan bilim va malakalari xotira mashqlarida namoyon 
bo‘ladi va eshitish qobiliyati qay darajada ekanligini aniqlab beradi. Shu bois, 
ushbu shaklda ishlashga shoshilmasdan, ishni turli xil ritmik tayyorlov mashqlari 
bilan shug‘ullanishdan boshlash kerak. 
Xotira mashqlari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar o‘qituvchi 
yordamida kuyning xarakterini, tempini, ovoz tembrini aniqlaydilar, kuyning 
muntazam ravishda rivojlanishini tahlil qiladilar, shundan so‘ng uni takrorlab, 
kuylab yoki qarsak (bolalar cholg‘ularida jo‘r bo‘lib) bilan ijro etib beradilar. Ushbu 
jarayon uchun 3-5 daqiqa yetarli bo‘ladi.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin