119
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Tilga qarab oʻquvchi ushbu B1 (6 soat) tilida taʼlim oladi, yoki ushbu B1 til
oʻrniga fakultativ fanlar (9 soat) hisobidan tahsil oladi.
Oʻquv soatlarining taqsimlanishi A2 ni oʻrganayotgan oʻquvchi
uchun eng
kam vaqt ajratilganidan ortiq oʻqitish hisobiga kamida 234 ta yillik darsni tashkil
etadi. Mos ravishda B2 ni oʻrganayotgan oʻquvchi uchun yiliga tegishli darslar
soni kamida 226 tani tashkil qiladi. A2 va B1 tillarini oʻrganayotgan oʻquvchilar
uchun yiliga oʻtiladigan darslarning umumiy soni kamida 238 tani tashkil etadi,
chunki oʻqitiladigan vaqt minimal vaqtdan oshib ketadi.
Agar maktab A2 va B2 tillarida ixtiyoriy tillarni oʻqitmoqchi boʻlsa, oʻqitish
tamoyillarini
tavsiflab berishi, agar maktabda tilni oʻqitish uchun qoʻshimcha
dastur soatlarida til dasturida koʻrsatilganidan koʻproq vaqt sarflansa, buni
taʼriflash kerak.
Boshlangʻich taʼlimda ingliz tili (A2) 3-sinfdan boshlab barcha maktablarda (12
soat) taklif etiladi, chet tili sifatida boshqa tilni ham tanlash mumkin. Maktabda
A2 tilli guruh tuzish uchun kamida 12 nafar oʻquvchi ushbu tilni tanlashi kerak.
Baʼzan tanlagan chet tili fransuz, nemis yoki boshqa til boʻlsa-yu, 12 nafar oʻquvchi
yigʻilmasa, maktabni almashtirishi mumkin. Oʻrta taʼlimga oʻtganda 7-sinfdan
boshlab yana bir chet tili (B2) oʻqitiladi (4 soat).
Koʻrib
turganimizdek, Finlyandiya umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tillar
ona tili va adabiyot fani sifatida, xorijiy til sifatida yoki ikkinchi davlat tili sifatida
majburiy, ixtiyoriy yoki fakultativ koʻrinishda oʻqitilarkan.
Finlyandiya maktablarida ona tili sifatida fin tili, shved tili, sami tili, sigan tili
kabi fanlar oʻqitiladi
.
Dostları ilə paylaş: