121 XALQ TA’LIMI: MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR 3-6 sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini namoyon
qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish salohiyatlari, oʻqish va yozish qobiliyatlari va
strategiyalariga yoʻnaltirishdir. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn
janrlari doirasi kengayadi. Oʻquvchilarga koʻproq turli xil matnlarni talqin qilish,
tahlil qilish, tuzish va baholash koʻnikmalari oʻrgatiladi. Oʻquvchilar tomonidan
tanlangan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali matnlar oʻquv jarayoniga jalb
qilinadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali oʻzlarining dunyoqarashlarini kengaytirishadi.
Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-xilligi orqali ona tili va
adabiyotni oʻrganish imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda esa – oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali shu til boʻyicha
egallanadigan nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish
amallarini har bir sinfda oʻrgatish, mustaqil ravishda fikr almasha olish, eshitilgan
matnni idrok etish, yozma manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-
hodisalarga oʻz munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini
egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.
Adabiyot soʻz sanʼati, shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib,
adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani
darslarida oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam surʼatda
oʻstirib borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini
tushuntirishdan iborat.
Finlyandiya taʼlimida taʼlim bosqichlari oʻrtasida uzviylik masalasiga alohida
eʼtibor qaratilgan. Maktabgacha taʼlimdan boshlangʻich taʼlimga oʻtishda,
maktabda 2-sinfdan - 3-sinfga, 6-sinfdan yaʼni boshlangʻichdan yuqori sinfga
7-sinfga oʻtishda chorrahali (перекрёстныe) kompetensiyalar talablari oʻquv
dasturlarida aks ettirilgan va mana shu oʻtish bosqichlarida alohida uzviylik,
uzluksizlikka amal qilish bilan birga, oʻquvchilarni mana shu bosqichlarda sezilarli
darajada qoʻllab- quvvatlanadi, ayniqsa oʻzlashtirishda orqada qolayotgan
oʻquvchilarga alohida eʼtibor bilan yondashiladi. Chunki, finlardan taʼlim sifatining
yuqoriligi haqida soʻralganda, ular oʻquvchilarni imtihonga emas, balki hayotga
tayyorlashni va eʼtiborni iqtidorlilarga emas, balki sust oʻzlashtiruvchilarga
qaratishini aytishadi va iqtidorlilar shundoq ham hayotda oʻz oʻrnini topib
olishlarini qayd etishadi.
Oʻquvchilarda fanlarga oid kompetensiyalardan tashqari, barcha fanlar
uchun