118
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Shundan, Finlyandiya maktab oʻquv rejasida ona tili va adabiyoti fanining
ulushi 42 soatni yoki 18,7% ni tashkil etadi.
Bu koʻrsatkich Oʻzbekistonda, yaʼni ona tili va adabiyoti fanining ulushi
2018-yilda 61 soat (23,6%)ni tashkil etgan, 2021-yilda esa 51 soat (20,4%)ni tashkil
etmoqda, yaʼni 3,2% ga kamaygan.
Ammo oʻzbek tili (davlat tili)ning ulushi esa 2018-yilda 16 soatdan (6,2%)
2021-yilda 21 soatga (8,4%) yaʼni 2,2% ga oshgan. Bu esa mamlakatimizda taʼlim
oʻzbek tilidan boshqa tilda olib borilayotgan maktablarda davlat tilining oʻqitilishga
boʻlgan eʼtiborning kuchaytirilganligidan dalolat beradi. (
Tahlillar Finlyandiyadagi
9 yilga mos ravishda Oʻzbekistonda ham 9 yilga nisbatan olindi).
Xuddi shunday koʻrsatkichlar, yaʼni ona tili va
adabiyoti fanining boshqa
barcha fanlarga nisbatan ulushi Germaniyada 13,4%, Janubiy Koreyada 17,8%,
Yaponiyada 19,1%, Rossiyada 17,5%, Belorussiyada 13,4% ni tashkil etishi kuzatildi.
Oʻquvchi B2 tilni fakultativ fan sifatida (9 soat) oʻrganishi mumkin. A2 (12 soat)
va B2 (4 saot) tillarini erkin tanlash asosida alternativ tarzda, ajratilgan minimal
vaqtdan tashqari mashgʻulotlar sifatida tashkil etilishi mumkin. Bunday holda,
ularni oʻqitish - ushbu bandda belgilanganidek, fakultativ (9 soat) yoki B 1 (6 soat)
tili uchun ajratilgan dars soatlarining minimal vaqtdan foydalangan holda tashkil
etiladi.
Dostları ilə paylaş: