Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

Maqsadlar: Nima uchun?
Har bir dars oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda 
o‘quv dasturi asosida belgilashimiz mumkin bo‘lgan aniq bir maqsad ko‘rsatilishi 
lozim. Maqsadlar yozma ravishda dars rejasiga kiritiladi va maqsadga erishilgan-
erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Mazmunlar: Nima?
Tanlab olingan o‘quv maqsadlarga muvofiq ravishda bilimlar sohaning 
mazmuni (shu jumladan, ko‘nikmalar va o‘zini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu 
mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) 
va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlarni 
(amaliy dars mazmunini) inobatga olishi kerak. Buning uchun “Mazmun 
strukturasi” tuzilishi kerak. O‘zini tutish tarzlari o‘zgarishini ifodalaydigan 
mazmunlar ham tanlab olinishi kerak. 


101
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Usul: Qaysi tarzda?
Аgar maqsadlar va mazmunlar aniq bo‘lsa, aynan shunday usullar tanlab 
olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni o‘lchanadigan natijalarga 
aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda “o‘rgatish va o‘rganish usullari” deb 
atalgan usullar o‘qituvchi tomonidan tanlab olinadi va qo‘llanadi.
Sharoitlar: Nimalar yordamida?
Sharoitlar deganda, birinchi navbatda material-texnikaviy shart-sharoitlar 
tushuniladi. Bir tomondan, texnikaviy sharoitlar tushuniladi, yaʼni binolar, 
sinfxonalar, o‘quv ustaxonalar, laboratoriyalar, jihozlanganlik darajasi, asbob-
uskunalar, materiallarning umumiy holati va hokazo, chunki ular maʼlum sifat 
standartlariga javob berishi kerak.
Boshqa tomondan esa, usullar va o‘quv vositalari tushuniladi, chunki ular 
o‘quv jarayonini bilimlar o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Lekin gap, vositalarning 
ko‘pligida emas, balki muayyan o‘quv maqsadiga erishish uchun maʼqul 
keladigan vositalarni tanlay olishdadir.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin