99
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
bo‘lmasa, motivatsiya bo‘lmaydi. O‘quvchilar oldin o‘rgangan va bilgan narsalar
haqida o‘qituvchi o‘ylab ko‘rishi va dars mashg‘ulotida ularga bir xil narsani
o‘rgatmasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
O‘quvchilar oldin o‘rgangan bilimlari qanday aniqlanadi?
O‘quvchilarga tekshirish kerakligini aytib, avvalgi bilimlarni ko‘rib chiqishimiz
mumkin. Bir terminni bitta darsda o‘rgatilganda, bu uni barcha o‘quvchilar
o‘rgandi, degani emas. O‘quvchilarga ko‘proq amaliyotli
vaziyatlarni berish
muhim.
Darsning maqsadlari nimalardan iborat?
Har doim o‘quvchilar nima uchun mashg‘ulotlar, o‘yinlar yoki qo‘shiqlar
kuylash bilan shug‘ullanayotganliklari haqida o‘ylashlari juda muhimdir. Dars
rejadagi hamma narsa ilmiy bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi qanday faoliyatni
o‘rgatayotganini bilmasa, uni fan dasturidan olishi kerak.
O‘quvchilarning ilmiy so‘z boyligini ham
dars reja yozayotgan paytda,
ilmiy so‘zlarga aniq diqqatni jamlab, qanday
taqdim etishga oldindan
tayyorlangandagina, ularni bolalarga aniq tushuntirib bera olamiz.
Darsni qanday tushuntirish mumkin?
Har bir mashg‘ulotni qanday qilib tushuntirmoqchi bo‘lishimizni,
oldindan hech bo‘lmaganda, ruhiy jihatdan bilishimiz lozim. Tushuntiriladigan
tushunchalar qisqa, aniq va vizual materiallar ko‘rishga qulay tarzda bo‘lishi
kerak.
Dars reja uchun qancha tafsilotlar kerak?
Agar o‘qituvchi kitob bilan ishlayotgan bo‘lsa,
unda mavzuning sahifa
raqamlarini hisobga olishi muhim. Sinfni va dars o‘tishni o‘zi bo‘lmagan paytda
ham kimdir qamrab olishi kerakligini oldindan tasavvur qilish, ular rejani tushuna
olishlari va darsni o‘ta olishlari kerakligi hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: