100
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
bu juda qiyin yoki juda uzoq vaqt oladi deb o‘ylasa, unda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan muammolarni qanday
hal qilish haqida dars oldidan, rejalashtirish
bosqichida vaqt ajratiladi. Oldindan kutilayotgan yechimlar to‘g‘risida o‘ylashni
rejalashtirayotganda qo‘shimcha daqiqalarni ajratib qo‘yish
sizni mushkul
vaziyatdan saqlaydi.
Darsni to‘gʼri rejalashtirish uchun, pedagog ishni o‘zining
vaziyatidan
boshlashi lozim: “Mavzuni ilm-fanning eng so‘nggi talablariga muvofiq o‘rgata
olamanmi yoki buning uchun men yana alohida tayyorlanishim kerakmi?”
degan savolni o‘ziga berib ko‘rishi muhim.
Bundan keyin, pedagog o‘quvchilarning hozirgi vaziyatini tahlil qilib,
rejalashtirishni davom etishi mumkin, yaʼni u o‘quvchilarning dastlabki bilim va
sharoitlarini aniqlab olishi lozim.
Buning uchun quyidagi asosiy savollar qo‘yiladi:
• Bilim olishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning dastlabki sharoitlari qanday?
• Nazariy dars yoki amaliyotni o‘tkazish uchun
qanday shart-sharoitlar
mavjud?
• Qanday o‘quv mazmunlar o‘rgatilishi ko‘zda tutilmoqda?
Rejalashtirishning eng boshida bu savollarni o‘rganib chiqish – dars
mazmunining boshqa barcha tayyorlanish harakatlariga asosdir. Bu tushunchalar
va savollar o‘rtasidagi bogʼliqlikni quyidagi omillar aniq ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: