Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

173
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
pedagogik kadrlar tayyorlashda ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan 
birga, 
I.D.Fruminning fikriga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli 
tajribasidan foydalanish yoki pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini 
oshirishning pedagogik tizimini rivojlantirishning o‘ziga xos usulini izlash kerak
.
Jamiyatimizda rejalashtirilayotgan yangiliklar pedagogik ta’lim an’analarini 
yo‘qqa chiqarmay amalga oshirilsa, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyi ancha 
yaxshilanadi, O‘zbekistonda salohiyatli pedagogik ta’lim tizimi mavjud bo‘lgan 
va hali ham mavjud, bu, aytish mumkin-ki, juda ham yuqori. Avvalo, pedagogika 
universiteti bitiruvchisi, ushbu universitet devorlarini tark etarkan, o‘qituvchilik 
qadriyatlarni asrab-avaylaydi va keyingi avlodga uzatadi hamda mamlakatimiz 
fuqarolarini bilimli qilib tayyorlashda muhim bo‘g‘in hisoblanadi.
Jahonning qator mamlakatlarida siyosiy, tabiiy va ijtimoiy qarama-
qarshiliklar natijasida kadrlar tanqisligi yuz berayotgan bir paytda respublikamiz 
kadrlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, shu jumladan, xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar 
bo‘yicha o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, professional 
pedagog kadrlar tayyorlashning jahon integratsiyasi sharoitida ta’lim tizimini 
ilmiy tarkibiy o‘zgarishlar asosida rivojlantirish kabi masalalar yetarli darajada 
tadqiq qilinmaganligi tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi, bu esa, ushbu 
ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo‘ldi. 
Ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga 
ko‘tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida 
takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish 
borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, maktabgacha ta’lim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy 
o‘rta ta’lim tizimining joriy qilinishi hamda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash 
ko‘lamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga 
nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida, so‘nggi 
yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy oliy ta’lim 
muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi, mazkur ta’lim sohasi bo‘yicha xorijiy davlatlar 
bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etildi.
Umumiy ta’limning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 
bo‘lajak o‘qituvchilarda, ularning maqsadli yo‘nalishlarida va ishlash usullarida ko‘p 
jihatdan ularning zamonaviy yondashuvlariga o‘xshamasligi haqida juda o‘rinli 
xulosa chiqarishimiz mumkin. Ularning asosiy farqi bilimlarni ko‘chirib o‘tkazishga 
emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishiga yo‘naltirishda bo‘ladi, ya’ni ular ta’limni 
rivojlantirishning tegishli texnologiyalarini o‘zlashtiradilar. Ammo kelajak uchun 
o‘qituvchilar bugungi kunda pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi kerak.


174
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar soni ortgani bilan maktablar 
soniga nisbatan solishtirilganda 2016-2017-o‘quv yiligacha -6,2%ga pasayib 
ketgan. Bu yilga kelib o‘qituvchilarning maktablarga qaytishi sababli ushbu 
ko‘rsatkich 15,2%ga oshgan. Shahar joylarda o‘qituvchilar soni 2,2 barobarga 
ortgan bo‘lsa, qishloq joylarda ularning soni 4,0%ga oshgan xolos. Sababi yuqori 
bilimli kadrlar shahar joylarda qolishmoqda.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni 1990-1991-o‘quv yiliga 
nisbatan 
1848 taga
ko‘payib, 
22,2% ga oshgan.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin