Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

177
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Shuningdek, ayrim fanlar (7 ta fan) bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar 
o‘rganilganda shu jihat ma’lum bo‘ldiki, hozirgi kunda xalq ta’limi tizimidagi 5 ta 
hududda olib borilgan tajriba-sinov natijasida umumiy 1354 nafar o‘qituvchiga 
bo‘lgan ehtiyoj aniqlangan. Ushbu ehtiyoj umumiy kadrlarga(5 ta hudud 
bo‘yicha) nisbatan 1,6% ni tashkil etadi.
Fanlar kesimida ehtiyojni tahlil qilsak, eng yuqori talab “Informatika va 
axborot texnologiyalari” (3,5%) va “Rus tili va adabiyoti” (3,4%) o‘qituvchilariga, eng 
quyi talab esa “Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilariga (0,4%) ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holatlarni bartaraf qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Maorif vazirligi o‘rtasida “O‘zbekiston 
Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitish 
sifatini oshirish” loyihasi amalga oshirilishi belgilandi. 
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonda faoliyat olib boradigan A.I.Gersen 
nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining mutaxassislari 
Respublikamizning barcha hududlariga taqsimlangan holda umumta’lim 
maktablarida rus tili fani va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitish sifatini oshirish 
bo‘yicha mahalliy o‘qituvchilar bilan birgalikda faoliyat olib borishadi.
TALIS-2018 tadqiqotlar natijalari asosida O‘zbekistonda ham Abdulla Avloniy 
nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-
tadqiqot instituti rahbar va xodimlari tomonidan 2021-yilda ichki tadqiqotlar 
o‘tkazdi. Tadqiqot namunasi mamlakatimizdagi 14 ta hududning 4000 umumiy 
ta’lim tashkilotlaridagi 12446 nafar respondentlardan so‘rovlar olingan bo‘lib, 
shundan 349 nafari maktab direktorlari, 1090 nafari direktor o‘rinbosarlari, 10544 
nafari o‘qituvchilar va 463 nafari boshqa (xalq ta’limi tizimidagi boshqa lavozim) 
lavozimlarda ishlovchilardir. Tadqiqotlar xalq ta’limi tizimining 18 fanini o‘z ichiga 
olgan bo‘lib, “Ayrim fanlar bo‘yicha malakali o‘qituvchilarning yetishmasligi 
maktab direktori yoki o‘qituvchi sifatidagi samaradorligingizga qay darajada 
ta’sir qiladi?” degan savol bilan respondentlarga murojaat qilinganda, ta’siri 
yo‘q-2340 (18,8%), ma’lum darajada ta’sir qiladi-2885 (23,2%), sezilarli darajada 
ta’sir qiladi-4676 (37,6%), yuqori darajada ta’sir qiladi-2545 (20,4%) deb javob 
berishdi. Tahlillardan ma’lumki, ayrim fanlar bo‘yicha malakali o‘qituvchilarning 
yetishmasligi sezilarli darajada 4676 (37,6%) maktab direktori yoki o‘qituvchi 
sifatidagi faoliyati samaradorligiga ta’sir qilar ekan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalq ta’limi tizimida ayrim fanlar 
bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog kadrlar 
buyurtmasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish asosida tarmoq 
samaradorligini oshirishda to‘planib qolgan yuqoridagi muammolarni hal etish 


178
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan fikr-
mulohazalar, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish bugungi kunning eng dolzarb 
masalalaridan biri bo‘lib qoladi. 
Demak, xalq ta’limi tizimini ehtiyoj yuqori bo‘lgan fan o‘qituvchilari bilan 
ta’minlash uchun pedagogika yo‘nalishidagi OTMlarida ushbu ehtiyojlarni 
inobatga olgan holda qabul kvotalarining belgilanishi va talabalar OTMlarni 
tamomlagandan so‘ng hududlarga borib, o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin