Izlanishlar, yechimlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/112
tarix25.09.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#148611
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
Jurnal Xalq ta\'lim sayt uchun

181
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
Abstract:
 The article covers issues such as the relevance of professional 
responsibility and international best practices, the psychological definition of 
professional responsibility and the concept of professional responsibility, the 
psychological characteristics of professional responsibility in professionals and 
modern approaches to the study of professional responsibility. 
Keywords:
 professional responsibility, psychological characteristics that 
define responsibility, social activism, diligence, self-confidence, efficiency in 
work, demanding, highly developed altruism, endurance, professionalism, 
micro, meso, macro and meta levels.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida faoliyat sifati, avvalambor, kadrlarning 
intellektual salohiyati, kasbiy tashabbuskorlik hamda kasbiy masʼuliyatlilik 
xususiyatlarining shakllanganlik darajasi bilan belgilanadi. Jumladan, 
Yaponiya, Germaniya, Аngliya, Xitoy, Rossiya, Finlandiya, Daniya, Norvegiya 
kabi mamlakatlarda mutaxassislarning kasbiy masʼuliyatlilik xususiyatlarini 
shakllantirishga doir qator psixologik va amaliy – tatbiqiy izlanishlar amaliyoti keng 
joriy etilgan. Shuningdek, taʼlim jarayonini baynalmilallashtirish asosida ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniyatlararo munosabatlarda raqobatbardosh, kreativ (ijodiy), 
ijtimoiy faol, fidoyi kadrlar tayyorlashga ustuvorlik berilgan. Dunyo bo‘yicha har 
yili 7% shaxslar turli hayotiy qiyinchiliklar tufayli o‘z kasblarini boshqa kasblarga 
o‘zgartiradilar. Bundan tashqari, xalqaro-huquqiy maqomga ega bo‘lgan 
“Pew research center” agentligining 2021-yildagi maʼlumotiga ko‘ra, 
sohalararo kasbiy masʼuliyatlilik sifatlari bank-moliya xodimlarida 84%, axborot 
texnologiyalari xodimlarida 84%, pedagog xodimlarda 59%, texnika xodimlarida 
59%, harbiy xizmatchilarda 46%, tibbiyot xodimlarida 33%, sanʼat xodimlarida 
23%, qishloq xo‘jaligi xodimlarida esa 22% ko‘rsatkichga ega ekanligi aniqlangan. 
Shuning uchun ham, ushbu xususiyatni ertaroq, maktabda ta’lim olish davridan 
boshlab o‘rganish, shaxsda kasbiy masʼuliyatlilik shakllanishining psixologik 
jihatlarini ilmiy – amaliy jihatdan asoslash kabi masalalar dunyo mutaxassislari 
tomonidan dolzarb muammo sifatida o‘rganilmoqda.
Kasbiy munosiblik va kasbiy masʼuliyatlilik shakllanish dinamikasini 
o‘rganish ishlari dunyo mamlakatlaridagi ko‘pgina ilmiy markazlar va oliy taʼlim 
tashkilotlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan 
biridir. Jumladan, Аmerika psixologlari assotsiatsiyasi tadqiqotlarida, Barri 


182
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI 
MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI 
BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
kasb-hunar universiteti, Xalqaro Yapon fondi, Shveytsariya konsalting markazi, 
Germaniya federal kasbiy taʼlim va taʼlim instituti, Polsha fuqaro taʼlimi markazi, 
Latviya kasb-hunarga o‘qitish markazi, Xitoy kasbiy adaptatsiya markazi, 
Finlandiya oliy pedagogika instituti, Xalqaro taʼlimni rejalashtirish instituti, Rossiya 
psixologiya instituti kabi muassasalarda mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga 
ega bo‘lgan soha kadrlarini tayyorlash va ularning kasbiy kamoloti masalalari 
hozirga qadar jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini 
ko‘rsatmoqda.
Psixologik mazmunga ko‘ra, masʼuliyat bu – majburiyatlarni bajarish va 
jamiyatda qabul qilingan qoidalarga rioya qilish, shuningdek, tashqi muhit 
taʼsirining oqibatlari to‘g‘risida xabardor boʼlishdir. Yaʼni, rasmiy vazifalarga 
nisbatan oqilona munosabatdir. Mutaxassislarning kasbiy faoliyati rasmiy 
hisoblanib, vazifalariga nisbatan oqilona, odilona munosabatda bo‘lishi talab 
etiladi.
Keng maʼnoda aytganda, masʼuliyat – bu inson faoliyatini tartibga solish 
shaklidir. Shaxs faol bo‘lgan sohaga qarab, masʼuliyatlilikning turlari huquqiy, 
ijtimoiy, kasbiy kabi turlarga ajratiladi. Ular ichida kasbiy masʼuliyat tushunchasi 
o‘ta ahamiyatli sanaladi. Chunki, mutaxassisning kasbiy faoliyati murakkab 
faoliyat turi sanalib, u shaxsdan o‘ziga kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan sifatlarni 
talab etadi. Demak, mutaxassislarda kasbiy masʼuliyat hissi yuksak darajada 
bo‘lishi nafaqat shaxs uchun balki, faoliyat sohalari uchun ham ahamiyatli 
bo‘lgan xususiyatdir.
“Kasbiy masʼuliyat” – bu faoliyat subyektining o‘z natijalariga, boshqa 
subyektlarga hamda o‘ziga nisbatan faoliyat jarayonidagi munosabatini 
aks ettiruvchi xususiyatdir. Mazkur munosabatlarning mohiyati esa, kasbiy 
talablarning aniq va to‘liq bajarilishi holati, shuningdek, mutaxassis zimmasiga 
olgan vazifalar bo‘yicha javob berishga tayyorligi bilan tushuntiriladi.
“Kasbiy masʼuliyat” masalasiga oid eʼtiborga molik tadqiqotlar sifatida 
V.А.Bodrov, А.G.Lutsenko hamda L.I.Dementiylar tomonidan amalga oshirilgan 
ishlarni misol qilish mumkin. 
Mualliflarning xulosalariga ko‘ra kasbiy masʼuliyatning namoyon bo‘lishi 
quyidagi jihatlarda aks etadi:
– Shaxsning mehnatga bo‘lgan munosabatida – mehnatsevarlik, vijdonlilik, 
faollik, tirishqoqlik va harakatchanlikda;
– O‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida – xushmuomalalik, taʼsirchanlik, ishga 
sodiqlik, talabchanlik va hokazo.;



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin