J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Nostro hisobvarag’i (Schet nostro, Nostro account) –



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Nostro hisobvarag’i (Schet nostro, Nostro account) – 
A bankning 
korrespondentlik hisobvarag’i, B banki uni A bankining pozitsiyasidan yuritadi. 
Ochiq iqtisodiyot (Otkritaya ekonomika, Open economy)
tashqi iqtisodiy 
aloqalari rivojlangan, milliy iqtisodiyotning nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo’jaligi 
tizimiga integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyot. 
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) (Aziatskiy bank razvitiya, The Asian 
Development Bank)
– 1966 yilda tashkil etilgan bo’lib, asosiy maqsadi qit’aning 
rivojlanayotgan mamlakatlariga iqtisodiy rivojlanishda ko’maklashish, hududiy 
hamkorlikni rag’batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko’rsatish va ularning 
iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Optsion (Optsion, Option)
– xaridor muayyan summadagi valyutani sotib olish 
yoki sotish huquqini oladi, sotuvchi xaridorning istagiga ko’ra valyutani etkazib berishi 
yoki sotib olishi shart. 
Passiv to’lov balansi (Passivniy platejniy balans, Passive balance of payments)
– tushumlar summasi to’lovlar summasidan bo’ladi. 
Paritet (Paritet, Paritet) 
– diler tomonidan uning kotirovkasi bilan unga qo’yilgan 
kurs mosligini belgilash uchun foydalaniladi. 
Portfel investitsiyalar (Portfelnie investitsii, Portfolio investment)
– kapitalni 
xorijiy korxonalar qimmatli qog’ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam 
qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo’lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita 
nazorat qilish imkonini bermaydi.
Protektsionizm (Protektsionizm, Protectionism) 
tashqi savdo siyosati 
printsipi, davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el 
tovarlarining kirib kelishidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat. 
Revalvatsiya (Revalvatsiya, Revalvation)
– bu milliy valyuta kursining chet el 
valyuta kursiga nisbatan oshirish. Revalvatsiya asosan importni rag’batlantirish va milliy 
bozorni o’sha mamlakat tovarlari bilan to’ldirish maqsadida qo’llaniladi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin