176
pasayadi deb hisoblasa, bunday holatda albatta xatarlardan qutilish chorasini izlaydi.
Bunday xatardan qutilishning eng oddiy chorasi bu bir valyutalardagi suzib yuruvchi foiz
stavkalar almashinuvi bo’yicha tuziladigan svop bitimi hisoblanadi. Natijada kompaniya
ma’lum bir shartli summa bo’yicha USD TIBOR 1M + 5 foiz stavkada kredit bo’yicha
to’lovlarni amalga oshirib, USD LIBOR 1M + 15 foiz stavkasida investitsiyalardan
daromad ko’rishga foiz svopi orqali erishsa, ikki suzuvchi foiz stavkasini
tenglashtiriuvchi 2 foizlik farq evaziga kompaniya oldidagi xatar bartaraf etiladi.
Floating – for – floatingsvoplar bir turdagi suzib yuruvchi foiz stavka bo’yicha turli
sanalarda amalga oshiriladigan foizli to’lovlar o’rtasida va biznes kunlarini
belgilanishidagi turli yondashuvlarni oldini olish uchun ham tuzilishi mumkin. Bu turdagi
svoplar amaliyotda spekulyativ operatsiyalar uchun qo’llanilmasada, biroq korxona va
tashkitotlar aktivlar va passivlarini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: