177
yoki sotish huquqini beradi. Ular faqat birjalarda muomalada bo’ladi, masalan LIFFEda.
Evrodollar va EURIBOR bo’yicha qisqa muddatli funt
sterling fyucherslariga
optsionlardan amaliyotda keng foydalaniladi.
Foiz kafolatlari, “shift” va “pol” shaklidagi shartnomalar
(interest rate
guarantee, cap, floor). FRAlarga optsionlar “foiz kafolati” (IRG) yoki “foiz kapleti”
(interest rate caplet) deb nom olgan. FRAlarga evropacha koll optsion yoki “IRG qarzdor”
kredit oluvchiga ssuda bo’yicha kelajakda maksimal foiz stavkani qat’iy belgilash
huquqini taqdim etadi. FRAlarga put optsion yoki “IRG kreditor”
aksincha kredit
beruvchiga ssuda bo’yicha kelajakda minimal foiz stavkani qat’iy belgilash huquqini
taqdim etadi.
“Shift” (inglizcha “cap” – shapka, bosh kiyim) foiz
shartnomalari kelishilgan
maksimal stavka va aktivlar bo’yicha suzib yuruvchi foiz stavkasi orasidagi farqni to’lash
uchun tuziladi. Bunday optsion shartnomasini tuzish orqali qarzdor o’z majburiyatlari
bo’yicha foizlarni oshish riskidan holi bo’ladi.
“Pol” (inglizcha “floor” – pol (er yuzida o’rnatilgan taxtali qoplama)) foiz
shartnomalari
esa aksincha, kelishilgan minimal stavka va aktivlar bo’yicha suzib
yuruvchi foiz stavkasi orasidagi farqni to’lashni
talab qiladi, ya’ni kafolatlaydi. Bu
shakldagi optsionni tuzish orqali kreditor (qarz bergan shaxs) taqdim etgan krediti
bo’yicha foiz stavkasini tushish riskidan himoyalanadi
“Shift” va “pol” shartnomalarining kombinatsiyasi “kollar” (inglizcha “collar” -
bo’yinbog’) nomlanadi. Foiz stavkasiga tuzilgan bunday
optsion investorni foiz
stavkalarning keskin tebranishidan himoyalaydi, ya’ni ma’lum
muddat davomida foiz
stavkalarning maksimal va minimal chegarada tebranishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: