J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019


Foiz svopi (interest rate swap, IRS)



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

Foiz svopi (interest rate swap, IRS) 
birjadan tashqari foiz derivativlarining keng 
tarqalgan turlaridan biridir. 
Foiz svopi (interest rate swap, IRS)
– oldindan kelishilgan 
shartli summadagi aniq foiz to’lovlarini almashish to’g’risidagi ikki tomon orasidagi 
hosila moliyaviy vosita shaklidagi bitim, shartnoma hisoblanadi. Ya’ni, har biri aniq bir 
summadan hisoblanuvchi turli muddatli foiz stavkalar qarz majburiyatlarini almashtirish 
to’g’risidagi shartnomadir. Svop operatsiyasi qarzdorga fiksirlangan stavkali qarzlarini 
suzuvchi stavkali qarzlarga almashtirish imkonini beradi va aksincha. Ya’ni, ushbu 
bitimda ma’lum bir sanada bir tomon ikkinchi tomonning qat’iy belgilangan 
(fiksirlangan) foiz stavkadagi aniq summasini to’lab beradi va ikkinchi tomondan 
suzuvchi foiz stavkadagi (masalan LIBOR, TIBOR, UZIBOR foiz stavkasidagi) 
to’lovlarni qabul qilib oladi. Fizik summa almashinilmaydi, faqat foiz to’lovlar o’zaro 
o’tkazib beriladi, ya’ni odatda amaliyotda bunday to’lovlar o’zaro tenglashtirillib, 
tomonlardan biri foiz stavkalar o’rtasidagi farqni to’lab beradi. Foiz svoplari ham FRAlar 
kabi faqat birjadan tashqarida muomalada bo’ladi.
Turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkalar almashinuvi (fixed – for – 
fixed) 
Ushbu foiz svop bitimi turli valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkalarni ma’lum bir 
muddatga o’zaro almashtiradi. Masalan, siz 100 mln. so’mlik kreditga yillik 24 foiz 
ustama foiz to’lasangiz, USD/UZS = 1000 bo’lganda, ushbu svop bitimi orqali 100 ming 
AQSh dollariga teng kredit bo’yicha 25 foiz
22
ustama haqini to’lashingiz mumkin va 
aksincha. 
Bir valyutalardagi fiksirlangan foiz stavkani suzib yuruvchi foiz stavkaga 
almashtirish (fixed – for – floating) 
22
Бунда 25 фоиз шартли равишда олинди. Битимда одатда, 24 ва ундан юқори фоиз ставкалар қўлланилиши лозим. 
Чунки фоиз ставкалар орасидаги фарқнинг валютадаги ифодаси ташаббускор инвестордан конрагентга ўтади ва 
унинг фойдаси ҳисобланади. Шунингдек, барча своп битимларида одатда ташаббускор ўз контрагентини маълум 
бир ҳақ эвазига битимни тузишга ундайди. 


174 
Tomonlardan biri ma’lum bir summadagi va muddatdagi fiksirlangan (yoki suzib 
yuruvchi) foiz stavkasidagi bir xil valyutada bo’lgan to’lovlarini suzib yuruvchi 
(fiksirlangan) foiz stavkasiga almashtiradi. Masalan, siz 10 yil muddatga olingan 100 
ming AQSh dollar miqdoridagi kreditga o’zining yillik LIBOR+3 foiz stavkasi o’rniga 
ushbu svop bitimi orqali yillik fiksirlangan 12 foiz stavkadagi to’lovlarni amalga 
oshirishingiz mumkin va aksincha. Agar tomonlardan biri svop bitimi orqali suzib 
yuruvchi stavka o’rniga fiksirlngan foiz stavkada to’lovlarni amalga oshirayotgan bo’lsa 
foiz svop bitimining uzun pozitsiyasini egallagan hisoblanadi. Bunga yana bir misol qilib, 
yillik 12 foiz fiksirlangan stavkadagi va foiz to’lovlari har oyda amalga oshiriladigan 
muddati 3 yil bo’lgan 10 ming AQSh dollarlik kreditga ega, 10 ming AQSh dollarlik 
investitsiyasidan har oyda LIBOR+4 suzuvchi foiz stavka bo’yicha daromad oluvchi 
kompaniyani olish mumkin. Ushbu svop bitimi orqali kompaniya o’z daromadlarini 
fiksirlangan stavkaga o’tkazishi va bundan qo’shimcha daromad olish imkoniyatiga ega 
bo’ladi. Agar kompaniya foiz svoplar bozorida 10 ming AQSh dollarlik shartli summada 
oylik LIBOR+4 suzuvchi foiz stavkani yillik 20 foiz fiksirlangan stavkaga almashtira 
olsa, u har oyda qo’shimcha 0,67 foiz ((20-12)/12 oy) miqdorida foyda ko’radi. 
Shuningdek, kompaniya o’z daromadlarini fiksirlangan 20 foizga o’tkazadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin